• 3-BOB. SEMENT KLINKERINI KUYDIRISH ASOSLARI
  • Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar




    Download 101,09 Mb.
    bet13/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

      1. Fanning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

    2.2 O‘zbekistonda kimyoviy texnologiya yo‘li bilan olinadigan mahsulotlardan qaysilarini bilasiz?
    2.3 Sement qayerda va qachon kashf etilgan?
    2.4 Sement ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyolar nima?
    2.5 Sementning hozirgi zamon qurilishidagi ahamiyatini ta’riflang?
    2.6 Sementning qanday turlarini bilasiz?
    2.7 Sementning markasi nimani bildiradi?
    2.8 Sement ishlab chiqarish qaysi texnologik jarayonlardan iborat?
    2.9 Sement ishlab chiqarishning qanday usullarini bilasiz?
    2.10 Quruq usulning ho‘l usulga nisbatan qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?

    3-BOB. SEMENT KLINKERINI KUYDIRISH ASOSLARI

    3.1. Sement klinkerini kuydirishdagi jarayonlar


    Tabiiy ohaktosh va tuproqdan tayyorlangan aralashma (ho‘l usulda – shlam, quruq usulda–xom ashyo uni) yuqori haroratda kuydiriladi. Kuydirish jarayonida xom ashyo tarkibidagi kimyoviy elementlar issiqlik ta’sirida ma’lum ketma–ketlikda o‘tadigan o‘zaro kimyoviy reaksiyalarga kirishadi va natijada sement klinkeri hosil bo‘ladi.
    3.1-rasmda Aylanuvchi pech uzunligi bo‘yicha material va gazlar haroratlarining o‘zgarishi ifodalangan.

    3.1 – rasm. Pech ichidagi material va gazlar haroratlari

    Qarama-qarshi harakatlanayotgan material va isitish gazlari orasida pechning uzunligi bo‘yicha har bir nuqtasida haroratlar farqi mavjud va bu farq jarayonning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib xizmat qiladi.


    Portlandsement olish uchun xom ashyo aralashmasi aylanma yoki shaxtali pechlarda kuydiriladi.
    Aylanuvchi pech uzunligi 50-230 m, diametri 2-7 m atrofida bo‘ladi. Sutkasiga 1300 va 1800t klinker pishiradigan pechlarning o‘lchamlari 4,5 x 170 m va 5 x 185 m ni tashkil etadi. Pechlar xom ashyo oqimiga qarama qarshi prinsipda ishlaydi. Pechni material bilan to‘ldirish 7-15 % tashkil etadi. Pech gorizontga nisbatan 2-5o qiyalikda o‘rnatiladi. Pech barabani minutiga 0,5-1,3 marta tezlik bilan aylanadi. Pechning tushirish qismiga sovutgich o‘rnatilgan bo‘ladi. Sovutgich pechdan chiqayotgan klinker haroratini 900oS dan 50-80oS gacha kamaytirib beradi. 1kg klinker olish uchun ketgan issiqlik 1600-1700 kkal ni tashkil etadi.
    Pechning yuqori (sovuq) uchidan solingan xom ashyo pastki (issiq) uchi tomon pechning qiyaligi va aylanishi natijasida harakatlanadi, unga qarama-qarshi kelayotgan gazlar (yoqilg‘i yonishi natijasida hosil bo‘lgan) o‘zining issiqligini xom ashyoga beradi.
    Xom ashyoni qizdirish jarayonida unda quyidagi fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlar vujudga keladi:
    1) xom ashyo tarkibidagi fizik bog‘langan suv 150 oS gacha qizdirilganda bug‘lanadi.
    2) 150 ÷ 750 oS – gacha qizdirilganda xom ashyo tarkibidagi molekular bog‘liq suv ajralib chiqadi.
    3) 750 ÷ 1050 oS – gacha qizdirilganda dekarbonizatsiya reaksiyasi amalga oshadi va xom ashyo tarkibida kalsiy oksidi hosil bo‘ladi:
    Ca SO3 → SaO + SO2 ↑ (2.1).
    Shu bilan birga bu yerda tuproqlar tarkibida SiO2 va Al2O3 sof holda ajrab chiqadi va quyidagi kimyoviy reaksiyalar bo‘ladi:
    CaO + SiO2 = CaO· SiO2 (2.2).
    CaO + Al2O3 = CaO · Al2O3 (2.3).
    CaO + Fe2O3 = CaO · Fe2O3 (2.4).
    4) Xom ashyo 1050 ÷ 1300 oS gacha qizdirilganda ketma-ketlikda quyidagi ekzotermik kimyoviy reaksiyalar amalga oshadi:
    2CaO + CaO· SiO2 = 2 CaO· SiO2 (2.5).
    2CaO + CaO · Al2O3 = 3 CaO · Al2O3 (2.6).
    3CaO + CaO · Fe2O3 = 4 CaO · Fe2O3 (2.7).
    5) Xom ashyo 1300 ÷ 1450 oS gacha qizdirilganda mahsulot qisman eriydi, ya’ni pishadi. Portlandsementli klinker tarkibining asosiy qismi – bu uch kalsiyli silikat 3CaO· SiO2 hisoblanadi va u klinker tarkibida yaxshi shakllangan o‘rtacha kristallar ko‘rinishida bo‘lishi zarur, bu esa klinkerni tez kuydirish va tez sovitish evaziga amalga oshiriladi.
    6) Material 1450 0S dan 1000 0S gacha sovitilishi natijasida eritma kristallanadi. Klinkerni 1000 0S dan past bo‘lgan haroratlargacha sovitilishi maxsus sovitkichlarda amalga oshiriladi.
    Shunday qilib, sement klinkeri hosil bo‘lishi uchun ma’lum kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan aralashmaga issiqlik bilan ishlov berish kerak.


    Download 101,09 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    Download 101,09 Mb.