Portlandsement asosida olinadigan maxsus sementlar




Download 101,09 Mb.
bet9/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

2.3 Portlandsement asosida olinadigan maxsus sementlar.


Portlandsement asosida olinadigan maxsus sementlar turi ko‘p:
1. Tez qotuvchan portlandsement. Qotishning dastlabki 3 sutkasi mustahkamlikning jadal ortib borishi bilan ajralib turadi. Unda alit miqdori 50-53 % va uch kalsiyli alyuminat miqdori 8-10% dan kam bo‘lmasligi kerak. Tuyish darajasini kattalashtirish (solishtirma yuzasi 3500-4500 sm2/g ga yetkuncha tuyiladi) va turli qo‘shilma (15% miqdorda aktiv mineral qo‘shilmalar yoki 20% gacha miqdorda donador domna shlaki) lar qo‘shish orqali ham qotuvchanlikni tezlashtirish mumkin. Bunday sement 1 sutkadan keyin siqilishga mustahkamligini 200-250 kg/sm2 ga, 3 sutkadan keyin esa 300-400 kg/sm2 ga yetkazadi. Sanoat sharoitida ular 400- va 500-li markalarda chiqariladi va sotiladi.


2. Sulfatga chidamli portlandsement. Ularda alit (47-50%) va belit (29%) miqdori 76% dan kam bo‘lmasligi kerak. Uch kalsiyli alyuminat miqdori ko‘pi bilan 5% va uch kalsiyli alyuminat bilan to‘rt kalsiyli alyumoferrit yig‘indisi 22-24% dir. Sulfatli eritmalarga chidamlilikni gidravlik qo‘shilma (masalan, donador domna shlagi 10-20%) lar miqdorini oshirib ham erishish mumkin. Sulfatga chidamli portlandsement markasi 400 bo‘lib, uning mineral qo‘shilmalilari markasi 400 va 500 bo‘ladi.


3. Tamponajli portlandsement. Portlandsement klinkerini gips va qo‘shilmalar bilan birga mayin qilib maydalash yo‘li bilan olinadi. Tamponajli portlansement neft quduqlarini tamponlashga ishlatiladi. Ularning tarkibidagi uch kalsiyli alyuminat miqdori 4-5 % gacha kamayishi va belit miqdori 45 % ga yetkazilishi zarur. Qotishni sekinlashtirish maqsadida kazein, bor kislotasi, sulfat – spirt bardasi qo‘shiladi. Sovuq va qaynoq skvajenlar uchun ikki turli tamponajli sementlar mavjud: Sovuq skvajen sementlari 22 gradusli sharoitda tekshiriladi. Ular qorilganda 2 soatdan oldin qotmasliklari va 10 soat ichida butunlay qotib ulgurishlari zarur.


4. Yo‘l portlandsementi. Uning tarkibida 8-10 % gacha uch kalsiyli alyuminat bo‘lishi kerak. Bunday bog‘lovchi cho‘zilishga mustahkamligi yuqoriligi, urilish va ishqalanishga chidamliligi, yuqori sovuqqa bardoshligi va kam cho‘kishi bilan ajralib turadi. Markasi 400 dan kam bo‘lmasligi, qorishmaning qotishi 2 soatdan oldin boshlanmasligi aniqlangan. Bunday sement tarkibiga 15% gacha granulalangan domna toshqolini qo‘shish mumkin. Boshqa qo‘shilmalar uning sovuqqa bardoshliligini kamaytiradi va kirishib qisqarish (usadka)ni oshiradi.


5. Plastifiklashtirilgan portlandsement. Bunday bog‘lovchi deb tarkibiga plastifikatorlar - sovun-naft, olien kislotasi, sulfat-spirt bardasi kabilar kiritilgan va juda mayda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi moddaga aytiladi. Ular yuqori silliqlik va sovuqqa chidamlilik kabi xususiyatlarga ega. Tuyish paytida qo‘shiladigan gips miqdori 3% dan oshmasligi kerak. Sulfat - spirt bardasi miqdori esa sement miqdoriga nisbatan 0,16-0,3% atrofida. Bunday qo‘shilma kelgusida 10% gacha sementni tejash va betonning sovuqqa chidamliligini oshirishga olib keladi.
Keyingi yillarda respublikamiz hududlarida ko‘plab sement ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirila boshlandi. 2022 yilning o‘zida ja’mi 7 ta: Andijon, Namangan, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida yillik quvvati 6,8 mln. tonnaga teng 7 ta, sement zavodlari foydalanishga topshirildi. 2022 -2023 yillarda Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan. Lekin, ishlab chiqarilayotgan sement respublikamiz extiyojini to‘liq qondira olgani yo‘q. Shu sababli sement ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Xuddi shunday holat boshqa kurilish materiallari (ohak, gips, shifer, oyna, g‘isht, temir-beton konstruksiyalari va boshqalar) ga ham taalluqli.




Download 101,09 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Portlandsement asosida olinadigan maxsus sementlar

Download 101,09 Mb.