• 1.3. Komplekslar ishining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash
  • Ishlab chiqarish sistemalari strukturasi




    Download 101,09 Mb.
    bet6/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    1.2. Ishlab chiqarish sistemalari strukturasi


    Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va yordamchi agregatlar mavjud. Xom ashyoni qayta ishlab, undan yarim fabrikat yoki tayyor mahsulot olishga mo‘ljallangan agregatlar – asosiy agregat deyiladi.
    Asosiy agregatlar ichida ishlab chiqarish uchastkasi yoki kompleksning ish unumdorligini belgilovchi bosh agregatlar (pishirish pechi, press, varaq qoliplash mashinasi va b.) ajralib turadi.
    Yordamchi agregatlar kompressorlar, bug‘ qozoni, transportyor podstansiyasi esa asosiy agregatlarning normal ishlashini, ular orasidagi ishlab chiqarish – texnologik aloqani (tashish mashinalari va boshqalar), ularning uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
    Odatda, har bir ishlab chiqarish uchastkasi ketma – ket joylashgan, uzluksiz yoki davriy ishlaydigan texnologik agregatlarni o‘z ichiga oladi. Bu agregatlar konveyerlar sistemasi bilan bog‘lanib turadi. Ularning ish unumdorligi bir – biriga mos bo‘ladi va butun ishlab chiqarish uchastkasi unumdorligiga teng bo‘ladi.
    Agregatlar chiziqli ketma – ketlikda bir qatorga yoki parallel tarzda joylashishi mumkin. Chiziqli sxema ko‘proq tarqalgan. Bu sxemada dublyor agregat bo‘lmaydi. Ba’zida esa, bir necha bir xil agregatlar parallel o‘rnatilgan sxemalar ham uchraydi. Umumiy ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini taminlash, texnologik mashinalar ish unumdorligidagi farqni bartaraf etish, uchastka ish faoliyati ishonchliligini ta’minlashda ko‘p agregatli sxemalar juda qo‘l keladi.

    1.3. Komplekslar ishining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash


    Hech bir mashina, agregat yoki kompleks yil davomida bir xil ishlay olmaydi. Asosiy va yordamchi jihozlar ishlash davomida turli sabablargi ko‘ra to‘xtaydi. Ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi, ta’mirlanadi. Shu sababli, komplekslardan texnik foydalanish koeffitsienti tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u nazariy jihatdan:
    Kt.f = 0,8 ÷ 0,9 ga teng bo‘ladi.
    Mashina va jihozlardan texnik foydalanish koeffitsientini oshirish uchun texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tanaffus paytlarida, dam olish yoki bayram kunlari amalga oshirish imkoniyati ham bor.
    Bir oy davomida jihozlardan texnik foydalanish koeffitsienti
    Kf. oy = (720 – tbo‘sh oy) /720;
    Bir yil davomida esa,
    Kf. yil = (8760 – tbo‘sh oy) /8760;
    Bu yerda:
    720 – bir oy davomidagi ish vaqti soati;
    tbo‘sh oy = bir oy davomida to‘xtab qolishlar davomiyligi, soat.
    Jihozlarning to‘xtab turishi:

    • rejalashtirilgan;

    • avariyali (kutilmagan falokat oqibatida ishdan to‘xtab qolish) bo‘lishi mumkin;

    Rejalashtirilgan to‘xtab turishlar sutka davomida jihozni to‘liq yuklamaslik bilan ham bog‘liq. Bundan tashqari, to‘xtab turishlar – xizmat ko‘rsatish va rejali ta’mirlash, mashinani smena boshida ishga tushirish, va smena oxirida to‘xtatishga tayyorlash kabilarni ham o‘z ichiga oladi.
    Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulotning yo‘qotilishi (brak, to‘kilish va sh. o‘.) ham jihoz tanlashda e’tiborga olinishi kerak. (Zamonaviy ishlab chiqarish liniyalarida bunday yo‘qotish ≈ 10% gacha yetadi.)
    Texnologik kompleks agregatlarini tanlash uchun an’anaviy yillik ish unumdorligidan foydalaniladi.
    Uzluksiz ishlovchi agregat uchun:
    Pyil = Ppasp.soat · Tyil;
    Davriy ishlovchi agregat uchun:
    Pyil = Pbirl/sikl · T sikl·yil;
    Bu yerda:
    Ppasp.soat – uzluksiz ishlovchi agregatning pasportida ko‘rsatilgan bir soatlik ish unumdorligi;
    T yil – agregatning yillik ish vaqti fondi, soatda;
    Pbirlik / sikl – davriy ishlaydigan agregat bilan bir ish siklida ishlab chiqariladigan mahsulot birligi miqdori;
    P sikl yil – davriy ishlaydigan agregat butun yil davomidagi ish vaqti fondida bajaradigan ishchi sikllar soni.
    Yillik ish vaqti fondi yillik kalendar fondining bir qismini tashkil etadi:
    T yil = 365 x 24 = 8760 soat.
    U 4 ta ko‘rsatgichga:

    • bir yildagi ish kunlari soniga;

    • bir sutkadagi ish smenalari soniga;

    • ish smenasining soatlardagi davomiyligiga;

    • smena davomida jihozdan foydalanish koeffitsientiga bog‘liq;

    Jihozning yillik ish vaqti fondi:
    Tyil = Dkal – (Ddam + Dbayr) Zsm tsm Kfsm;
    Bu yerda Dkal= 365 – bir yildagi kalendar kunlar soni;
    Ddam va Dbayr – dam olish va bayram kunlari soni;
    Turli komplekslar turlicha yillik ish vaqti fondiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, aylanuvchi pech, tunnelsimon quritgichlarning sutka davomida to‘xtamasdan ishlashi talab qilinadi. Bu ish rejimining bir xilligini va futerovkaning uzoq ishlashini ta’minlaydi.
    Bunday agregatlarda Tyil = 8000 soatgacha bo‘lishi mumkin.
    Shuningdek, jihozdan foydalanish koeffitsenti bir smenalik ish rejimida.
    Kf = 0,2 ÷ 0,3;
    Ikki smenalik ish rejimida esa
    Kf = 0,4 ÷ 0,6;
    Uch smenalik ish rejimida esa
    Kf = 0,6 ÷ 0,8;
    oralig‘ida bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olish kerak.
    Komplekslarni tavsiflashda ish unumdorlik va mahsulotlar nomenklaturasidan tashqari mahsulot tannarxi, energiya sarfi, metall sarfi va mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfi kabi solishtirma ko‘rsatkichlar ham e’tiborga olinishi kerak.



    Download 101,09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish sistemalari strukturasi

    Download 101,09 Mb.