• Xom ashyosi.
  • Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi




    Download 101,09 Mb.
    bet8/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    2.2 Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi.


    Portlandsement ta’rifi. Sement deganda, avvalo suv yoxud biror suyuqlik bilan qorishtirilgan, plastik ishlov beriladigan, bo‘tqa hosil qiluvchi va vaqt o‘tishi bilan qotib toshsimon jinsga aylanuvchi mineral poroshogi tushuniladi. Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda esa har xil tarkibli kation va anionlardan tashkil topgan va suyuq jinslardagi proton hamda gidroksil gruppalari bilan birikkan qattiq anorganik modda sement deb ataladi.
    Uning suv hamda to‘ldiruvchi inert modda bilan hosil qilgan sun’iy aralashmasi beton, temir ishtirok etgan aralashmasi esa temir-beton nomi bilan mashhur.
    Xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarishda ohaktosh va tuproq asosiy xom ashyo hisoblanadi. Ularning portlandsement aralashmasidagi o‘zaro miqdori SaO 64-67, SiO2 21-25, Al2O3 4-8 va Fe2O3 2-4% bo‘lishi zarur. Xom ashyoda oz miqdorda MgO, SO3, TiO2, MnO2 , P2O5, Na2O va K2O lar bo‘lishi mumkin.
    Yuqorida keltirilgan kimyoviy tarkib va modullar yuqori haroratda quyida formulasi keltirilgan minerallarni hosil qilinishini ta’minlaydi:
    3SaO SiO2 (alit) - 42-60 %;
    2CaO SiO2 (belit) - 15-35%;
    3 SaO Al2O3 (uch kalsiyli alyuminat) - 5-14%;
    4 SaO Al2O3 Fe2O3 (turt kalsiyli alyumoferrit) - 10-16%.
    Zamonaviy qurilishda portlandsement asosiy material sifatida keng qo‘llaniladi. Undan poydevor va zaminlar, tomga yopish plitalari va ko‘taruvchi qurilmalar, turli temir-beton va armo-beton mahsulotlari, asbest-sement mahsulotlari va boshqalar olinadi.
    Sementning asosiy turlari quyidagilar:
    - portlandsement (65,5%)
    - shlakoportlandsement (27,6%)
    - pussolan sementi (5,1%)
    - sementning boshqa turlari (tamponaj, rangli va boshqalar) - 1,8%
    Portlandsement (GOST 10178-76) mexanik mustahkamligiga qarab 4 markaga bo‘linadi: 300, 400, 500, va 600. Uning zichligi 3000-3200 kg/m3 teng.
    Portlandsementning 400 markasi monolit beton va temir-beton detallar olish uchun ishlatiladi; 500, 600 markalari yuqori mustahkam yig‘ma oddiy va dastlab zo‘rlangan temir-beton konstruksiyalar olish uchun ishlatiladi. Keyingi yillarda sementning o‘ta yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan 700, 800, 1000 va 2000 markali maxsus turlari ham ishlab chiqarilmoqda.

    Download 101,09 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi

    Download 101,09 Mb.