-rasm. Sement ishlab chiqarishning ho‘l usuli sxemasi




Download 101,09 Mb.
bet11/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

2.2-rasm. Sement ishlab chiqarishning ho‘l usuli sxemasi

2.3 – rasm ho‘l usulda sement ishlab chiqaruvchi zavod texnologik jihozlarining joylanish ketma – ketligi.
1 – ohaktosh olib kelish uchun temir yo‘l vagoni;2 – xom ashyo ombori; 3 – ta’minlagich; 4 – jag‘li maydalagich; 5 –transportyor; 6 – zarbiy maydalagich; 7 – transportyor; 8,14 – vertikal siloslar; 9 – tuproq olib kelish uchun temir yo‘l vagoni; 10 – tuproq maydalagich yuritmasi; 11 – transportyor; 12 – valikli maydalagich; 13 – loy aralashtirgich; 15 – shlam basseyn; 16 – shlamni pechga yuklash qurilmasi; 17 – aylanuvchi pech; 18 – klinker sovitkich; 19 – bunker; 20 – ta’minlagich; 21,22 – tayyor mahsulotni yuklash uchun vagonlar; 23 – klinker maydalagich; 24 – yengli filtr; 25 – sement tegirmoni; 26 – klinker ombori; 27,30 – transportyor; 28 – tegirmon; 29 – qo‘shimchalar ombori; 31 – maydalagich; 32 – maydalangan ohaktosh ombori; 33 – xom ashyo tegirmoni
2.4 – rasmda sement ishlab chiqarishning quruq usuli texnologik sxemasi keltirilgan.
Bu usulda xom ashyo aralashmasi quruq holda tayyorlanadi, so‘ng aylanuvchi pechlarda kuydiriladi. Olingan klinker xuddi xo‘l usuldagidek sement tegirmonlarida gips va mineral qo‘shimchalar bilan birga tuyiladi.
Yarim quruq yoki kombinatsiyalangan usul bilan xom ashyo xuddi ho‘l usuldagidek suv bilan qo‘shilib olinadi (36-43% namlikdagi shlam ko‘rinishida) va aylanuvchi pechlarda kuydirishdan avval shlam mexanik usullar yordamida (filtr-presslarda) birlamchi namsizlantiriladi (18-20%) va so‘ng aylanuvchi pechlarga jo‘natiladi. Qolgan jarayonlar yuqorida keltirilgan usullardagidek o‘tadi.
O‘zbekistonda ishlayotgan to‘rtta yirik sement zavodlaridan uchtasida (Ohangaron, Quvasoy va Bekobod shaharlarida) sement ishlab chiqarish ho‘l usulda amalga oshiriladi, Navoiy shahridagi zavodda esa quruq usul qo‘llaniladi.
Quruq usulning asosiy afzalligi – klinker ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i sarfi kamligida. Masalan, ho‘l usulda 1 kg klinker olish uchun 1500 Kkal issiqlik sarflansa, quruq usulda bu ko‘rsatkich 750-900 Kkal tashkil etadi.
1978 yildan ho‘l usulda ishlaydigan texnologik liniyalar loyihalanmaydi va faqat mavjud liniyalar ishlatiladi.
Keyingi yillarda respublikamiz hududida quruq usulda ishlovchi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, samarali texnologik mashinalar va jihozlardan foydalangan holda sement ishlab chiqaruvchi ko‘plab korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2019 yil 20 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish” to‘g‘risidagi № PQ – 4198 sonli qarori qabul qilindi.
Maqsad: Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish.
Asosiy vazifalar:

  • Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash;

  • Ixtisoslashgan xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlar tashkil etish;

  • Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar jalb qilish;

  • Sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini ko‘paytirish va b.



Download 101,09 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Sement ishlab chiqarishning ho‘l usuli sxemasi

Download 101,09 Mb.