• II-BO‘LIM. SEMENT IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI
  • Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar




    Download 101,09 Mb.
    bet7/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    1. “Texnologik kompleks” tushunchasiga ta’rif bering.

    2. Texnologik komplekslarni xarakterlovchi asosiy omillarni ko‘rsating?

    3. Komplekslar ishining asosiy ko‘rsatkichlarini sanab bering?

    4. Komplekslar ish faoliyati ishonchliligini ta’minlashga nimalar xizmat qiladi?

    5. Texnologik komplekslarni jamlashda nimalarni e’tiborga olish kerak?

    6. Mini komplekslar qanday afzalliklarga ega ?

    7. “Texnologik agregat” deganda nimani tushunasiz?

    8. Ishlab chiqarish sistemalari strukturasi nimalarni o‘z ichiga oladi?

    II-BO‘LIM. SEMENT IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI

    2-BOB. Sement to‘g‘risida umumiy tushunchalar

    2.1 Sement ishlab chiqarish tarixi


    Qadimdan bog‘lovchi modda sifatida tuproq-beton bilan bir qatorda gips, ohak va ular asosida olingan betonlar ham ishlatilgan. 140o-190oS haroratda qizdirib olingan qurilish gipsidan (alebastr) Misrda eramizdan 2000-5000 yil ilgari piramidalar qurilishida foydalanilgan. Keyinchalik I-II asrlarda esa u qadimgi Rimda ham keng qo‘llanila boshlangan.
    Buxorodagi arxitektura yodgorliklaridan Somoniylar davlati asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi 892–943 yillar davomida bunyod etilgan. To‘rt tomonida eshigi bo‘lgan tengi yo‘q bu arxitekturaviy yodgorlik Buxoroda me’morchilik san’ati, binokorlik texnikasining naqadar yuksak darajada bo‘lganligini, bundan 11 asr ilgari ham ajdodlarimiz binokorlikda yuqori sifatli pishgan g‘isht, alebastrli qorishmalardan foydalanishni bilishganligini jahonga ko‘z–ko‘z qilib, hozirgacha bus–butun turibdi. Ushbu nodir obidani tiklashgacha bo‘lgan davrda Buxoroda matematik bilimlar, xususan geometriya juda yaxshi rivojlangan.
    XIX asr boshlarida (1817-1825 yillar) Moskvada takomillashtirilgan gidravlik bog‘lovchi olish yo‘lida ishlayotgan rus harbiy injeneri Yegor Cheliev ohak va tuproq aralashmasini 1200o - 1300oS va undan yuqori haroratda qizdirilganda toshsimon pishgan bo‘laklar hosil qilishi, maydalangan holda esa ular yuqori gidravlik va mexanik xossalarga ega ekanligini aniqladi va shu tariqa hozirgi zamon sementining yaratilishiga asos soldi. Bu sement Rossiyada ko‘plab ishlab chiqarila boshlandi. 1812 yilgi jahon urushi harobalarini tiklash uchun ishlatildi. Xuddi shu vaqtda Angliyalik tosh teruvchi D. Aspdin ham shunday sementni yaratdi va 1824 yili uni tayyorlash usuliga patent oldi. Angliyalik quruvchi olgan bog‘lovchi bo‘lakchalari Portlend shahridan qazib olingan tabiiy toshlarga o‘xshashligi sababli portlandsement nomi bilan atala boshlandi.

    Download 101,09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    Download 101,09 Mb.