I – BO‘LIM. IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI




Download 101,09 Mb.
bet5/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

I – BO‘LIM. IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI

I BOB. Qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish sistemasi

1.1. Texnologik kompleklar xarakteristikasi


Texnologik kompleks deganda – tayyor mahsulot ishlab chiqarish funksiyasi bilan bog‘langan, tegishli ketma – ketlikda joylashgan texnologik mashinalar, jihozlar, nazorat va boshqaruv sistemalari yig‘indisi tushuniladi.
Texnologik kompleks yangi foydali xususiyat (xossa)ga ega bo‘lgan, biron materialni yoki boshlang‘ich material tarkibiga kiruvchi bir necha materiallar aralashmasini o‘zgartirish, qayta ishlash bilan bog‘liq texnologik operatsiyalar majmuini amalga oshirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish uchastkalarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish uchastkalari ham o‘z navbatida alohida bo‘linmalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Masalan:ohak ishlab chiqarish uchastkasi tarkibida ohaktoshni shaxtali pechda pishirishga tayyorlash bo‘linmasi bo‘lishi mumkin.
Har qanday mahsulot ishlab chiqarish texnologik kopmlekslari – xom ashyo komponentlarini qabul qilish va ularni keyingi ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlash, xom ashyo aralashmasini tayyorlash, qoliplash, quritish yoki pishirish, upakovkalash, omborga joylash va iste’molchilarga jo‘natish kabi ishlab chiqarish uchastkalaridan iborat bo‘ladi.
Komplekslar tarkibiga shuningdek, yordamchi uchastkalar, masalan: siqilgan havo ishlab chiqarish (kompressor) uchastkasi, bug‘ uchastkasi, transformator podstansiyasi kabilar ham kiradi.
Komplekslar faoliyati ishonchliligini oshirish uchun ishlab chiqarish uchastkalari tarkibida to‘plovchi maxsus idishlar – bunkerlar, siloslar, tindirish omborlari bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, komplekslar tarkibiga yuk ko‘tarish – tushirish jihozlari (kran, tal, chig‘ir va sh. o‘.) omborlarga o‘rnatilgan jihozlar va texnologik mashina va jihozlar joylashtirilgan inshootlar ham kirishi mumkin.


Texnologik komplekslar:

  • Ishlab chiqarish (sex, uchastka, bo‘lim, ish unumdorlik, smena koeffitsienti va jihozdan foydalanish koeffitsienti, texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar);

  • Texnologik (mahsulot nomenklaturasi, texnologik operatsiyalar va ularning ketma – ketligi, vaqt sarfi va sh. o‘.);

  • Tashkiliy (bo‘limlarning vazifalari, xizmat ko‘rsatuvchi personal funksiyalari, xujjat shakli va mazmuni);

  • Axborot - boshqaruv va boshqa strukturalar xususiyatlarini belgilab beradi;

Texnologik komplekslarni jamlash:

  • Yuqori texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish;

  • Texnologik mashinalar va jihozlar joylashuvida kompakt (ixcham) likni ta’minlash;

  • Transportlovchi (tashuvchi) mashinalar sonining minimalligiga erishish;

  • Jihozlardan foydalanish va ularni ta’mirlashda qulaylik yaratish;

  • Keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun qo‘shimcha uchastkalar tashkil etishni ko‘zda tutish;

  • Parallel liniyalardan foydalanish imkoniyatlarini e’tiborga olish;

  • Texnika xavfsizligi, mehnatni va atrof – muhitni muhofaza qilish kabi omillarni e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi kerak;

Texnologik mashinalar va jihozlar tekislikda yoki 2 – 3 qavat sxema bo‘yicha joylashtirilishi mumkin. Bunda yirik jihozlar binoning konstruksiyasi bilan bog‘langan tegishli fundamentlarga joylashtirilishi zarur. Binolar proletlari kengligi odatda 12, 18 va 24 m, uzunligi esa 6 m bo‘ladi.
Komplekslarni yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, ko‘plab ishlab chiqarish uchastkalariga va o‘zining ta’mirlash bazasiga, yirik va kamroq ish unumdorlikka ega bo‘lgan, oson va tez yig‘iladigan sodda, ixcham mini komplekslarga bo‘lish mumkin. Mini komplekslarni oz vaqt ichida iste’molchilarga yaqin joyga joylashtirish mumkin.
Texnologik agregat – ishlab chiqarish uchastkalari yoki bo‘limlari tarkibiga kiruvchi, alohida texnologik operatsiyani bajarishga mo‘ljallangan (masalan: maydalash, tuyish, qoliplash, pishirish va sh. o‘.) bir necha qurilmalar yoki tarkibiy qismlarning mexanik yig‘indisidir. Agregat uzluksiz yoki davriy ishlashi mumkin.

Download 101,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I – BO‘LIM. IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI

Download 101,09 Mb.