• 4-BOB. AYLANUVCHI PECHLAR ASOSIY QISMLARI TUZILISHI
  • Ho‘l usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlar texnik tavsifi




    Download 101,09 Mb.
    bet17/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    Ho‘l usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlar texnik tavsifi
    3.3 - jadval

    Ko‘rsatgichlar

    3.6x150 m

    4.5/5x135 m

    4.5x170 m

    5x185 m

    5.3/4./5.8x175 m

    7x230 m

    Uzunligining o‘rta diametriga nisbati

    47

    29.4

    41.2

    40.2

    38.2

    35

    Ichki yuzasi, m2

    1500

    1940

    2200

    2700

    2660

    4710

    Aylanish tezligi, ayl/m

    0.5-1

    0.5-1

    0.5-1

    0.6-1.2

    0.6-1.2

    0.7-0.9

    Tayanchlar soni

    7

    7

    7

    7

    7

    8

    Tana qiyaligi, grad

    4

    4

    4

    4

    3.5

    4

    Zanjirlar zonasi uzunligi, m

    29.7

    22

    27

    42

    36

    -

    Sovutkich turi

    rekur.

    rekup.

    panj.

    panj.

    panj.

    panj.

    Elektroyuritma, kVt

    210

    340

    250x2

    320x2

    330x2

    630x2

    Pech massasi (futerovkasiz), t

    1070

    2200

    2260

    2750

    2770

    14000

    Yoqilg‘i sarfi, kKal/kg

    1600

    1450

    1400

    1450

    1375

    1500

    Unumdorlik, t/sutka

    600

    1200

    1200

    1800

    2000

    3600

    Nisbiy unumdorlik,
    kg/m2soat

    17

    26

    22.7

    27.5

    31.2

    26.5

    Quruq usulda ishlaydigan Aylanuvchi pechlar texnik tavsifi
    3.4 jadval

    Ko‘rsatkichlar

     4 x 60

     5 x 75

     4.5 x 80

     6.4 / 7 x 95

     5 x 100

    Tayanchlar soni

    3

    3

    4

    4

    4

    Unumdorligi, t/sutka

    1000

    1600

    3300

    3000

    5000

    Shartli yoqilg‘i sarfi, kg/t

    120

    118

    114

    116

    112

    Solishtirma energiya sarfi, kVt*soat/t

    35

    38

    38

    39

    37

    Elektrodvigatel quvvati, kVt

    280

    320

    400

    320x2

    400x2



    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
    3.1 Sement olish uchun qanday xom-ashyolar ishlatiladi?
    3.2 Klinker kuydirish jarayonidagi kimyoviy reaksiyalarni ta’riflang.
    3.3 Ho‘l usulda ishlaydigan pechlarning umumiy tuzilishini ta’riflang.
    3.4 Ho‘l usulda ishlaydigan pechlarda nechta texnologik zona bor ?
    3.5. Quruq usulda ishlaydigan pechlarning umumiy tuzilishini ta’riflang.
    3.6. Quruq usulda ishlaydigan pechlarda nechta texnologik zona bor?
    3.7. Yarim quruq usulida xom ashyo qanday tayyorlanadi?
    3.8. Filtr-presslar nimaga xizmat qiladi?
    3.9. Ho‘l usulni quruq usulga o‘tkazishning eng optimal yo‘li qanday?
    3.10. Klinker kuydiruvchi pechlar kaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflanadi?


    4-BOB. AYLANUVCHI PECHLAR ASOSIY QISMLARI TUZILISHI

    4.1. Pech tanasi, bandajlar va tayanch roliklar, gidravlik tirgaklar.


    Umuman olganda, aylanuvchi pech ikkala uchi ochiq, ichi issiqqa chidamli g‘ishtlar bilan futerovka qilingan baraban. Pech ichida xom ashyo va isitish gazlari qarama-qarshi harakatlanadi.
    Pech tanasi alohida obechaykalardan tashkil topgan, ular bir-birlari bilan elektr payvandlash yordamida uzluksiz quvursimon qurilmaga aylantiriladi. Pech tanasining obechaykalari oddiy, bandaj osti va rekuperator osti turlarga bo‘linadi. Obechaykalar qalinligi 45-110 mm bo‘lgan varaqli M16S (GOST 6713-73) po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, bu po‘lat tarkibida quyidagi elementlar bor:

    S= O,12 – 0,2 %, Mn = 0,4 – 0,7%, Si = 0,12 - 0.25 %,


    S = 0,04 %, R = 0,04 %

    Pech tanasini yuqori haroratdan muhofazalash hamda issiqlikning tashqi muhitga chiqishini kamaytirish maqsadida, pech tanasi ichkaridan issiqqa chidamli maxsus g‘ishtlar bilan futerovka qilinadi.
    Bu maqsadda shamotli, ko‘p shamotli, magnezit, xrommagnezit va talkli olovbardosh materiallar qo‘llaniladi.
    Pishirish zonasida pech tanasi tashqi yuzasining harorati 300-400 oS darajagacha, yuklash uchida 30 – 60 oS, va bo‘shatish uchida 200 oS – gacha bo‘ladi.
    Isish natijasida pechning diametri va uzunligi ortadi va bandajlarning tayanch roliklarga nisbatan holati o‘zgarishi mumkin. Bandajlar pech tanasini tayanch roliklarga o‘rnatish uchun xizmat qiladilar; ular butunicha quyma yoki 2 - 3 qismdan iborat qilib tayyorlanadi.



    4.1-rasm. Ho‘l usulda ishlaydigan aylanuvchi pech
    a) 1 – pech korpusi; 2 – bandaj; 3 – rolikli tayanch; 4 – yuritma; 5 – obechaykani mustaxkamlovchi halqa; 6 – tojli g‘ildirak; 7 – asosiy elektrodvigatel; 8 – yordamchi yuritma; 9 – yuklash qismi; 10 – zanjir osilgan zona; 11 – pech futerovkasi. b) 1 – asosiy elektrodvigatel; 2 – reduktor; 3 – tojli g‘ildirak ostidagi yetaklovchi shesternya; 5 – yordamchi elektrodvigatel; 6 – yordamchi reduktor; 7 – qo‘shimcha yuritma.

    Bandajlar 2 turga bo‘linadi: tanaga bo‘sh o‘tqaziladigan va tana bilan uzluksiz qilib payvandlanadigan. 4.2 va 4.3 – rasmda bandajlarning tuzilmalari ko‘rsatilgan.


    4.2 – rasm. Aylanuvchi pech bandajlari
    a) giprosement ishlab chiqqan konstruksiya. 1 – 2 ta bashmak osti yupqa prokladka; 2 – bashmak; 3 – bandaj; 4 – to‘gri to‘rtburchak kesimli 2 ta halqa; 5-tirgaklar (halqalarning bikirligini ta’minlash uchun). b) 4.5x170 m. o‘lchamli aylanuvchi pechda (”Oxangaronsement”AJ) bandajning korpusga o‘rnatilish sxemasi. 1 – pastki keng va 2 – yuqorigi ensiz prokladkalar; 3 – tirgaklar; 4 – bandaj. v) barcha obechaykalari to‘g‘ri silindr holatida bo‘lganda bandajni o‘rnatish sxemasi. 1 – bandaj; 2 – prokladkalar; 3 – tirgaklar (prokladkalarga shaxmat tartibida payvandlangan). g) pech obechaykalari orasiga payvandlanadigan bandaj. Bunday bandaj tayanch ustidagi korpusga maksimal bikirlik beradi.

    Bandajlarni pech tanasiga o‘rnatish quyidagicha amalga oshiriladi. Bandaj 1 ostiga bashmaklar 3 qo‘yiladi, har bir bashmak ostiga esa 2-tadan prokladka o‘rnatiladi. So‘ng bashmaklarga ikkita uzuklar 4 payvandlanadi, o‘z navbatida uzuklar va bashmaklarga ikkitadan tirgaklar 5 payvandlanadi: natijada uzuklar 4 yanada mustahkam bo‘ladi. Uzuklar bandajlarni pech o‘qi bo‘ylab siljishiga qarshilik qiladi.


    4.2 - rasmning «g» ko‘rinishida pech tanasi obechaykalari orasiga payvandlanadigan bandaj tasvirlangan.


    Download 101,09 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ho‘l usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlar texnik tavsifi

    Download 101,09 Mb.