• 4.4. Pech uchlarini zichlash usullari va jihozlari
  • Ushlangan changlarni pechga qaytarish moslamasi




    Download 101,09 Mb.
    bet20/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    4.8 – rasm. Aylanuvchi pech yuritmasi

    4.3. Ushlangan changlarni pechga qaytarish moslamasi


    Chang cho‘ktirish qurilmalar va turli filtrlarda ushlangan changlarni pechga qaytarishning bir nechta usullari bor.
    Eng soddasi, changni pechning issiq uchidan yoqilgi bilan birga purkash. Yana bir usuli - ushlangan changlarni zanjirlar orqasiga qaytarish. Bu usulni amalga oshirish uchun ikki turdagi qurilmalar ishlatiladi:
    1) granullangan changni zanjirlar ortiga parrakli ta’minlagich yordamida uzatuvchi (4.9 rasmda «a»);
    2) granullanmagan changni zanjirlar ortiga cho‘michli ta’minlagich yordamida uzatuvchi (4.9 – rasmda «b»).

    4.9 – rasm. Ushlangan changlarni pechga qaytaruvchi moslama
    Birinchi uskunada ushlangan chang bunker 4 ga kelib tushadi. U yerdan chiqadigan havo elektrofiltrda tozalanib quvur 7 orqali atmosferaga tashlanadi. Ta’minlagich 3 changni vintli konveyer 2 ga uzatadi, u o‘z navbatida changni granulyator 1 ga tashiydi. U yerda chang granulalarga aylanadi va elevator 9 yordamida yuklash qurilmasi 8 ga uzatiladi va u yerdan pechga tushiriladi.
    Ikkinchi uskunada ushlangan chang qabul bunkeri 1 ga kelib tushadi, u yerdan chiqayotgan havo filtri 3 yordamida tozalanib, atmosferaga tashlanadi. Bunker 1 dan chang vintli ta’minlagich 4 va filtr 3 dan barabanli ta’minlagich yordamida tarnovlar 6 orqali yuklash qurilmasi 7 ga tushadi va u yerdan pechga tushiriladi.

    4.4. Pech uchlarini zichlash usullari va jihozlari


    Qo‘zg‘almas chang cho‘ktirish kamerasi va pech tanasi (sovuq uchi) orasida hamda pech tanasi (issiq uchi) bilan qo‘zg‘almas kallak orasida tashqaridagi sovuq havoning pechga kirishiga qarshi, shuningdek, pech ichidagi issiq xavoning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maxsus zichlash moslamalari qo‘llaniladi.
    Pechning sovuq uchini zichlash uchun asosan labirint turidagi moslama qo‘llaniladi (4.10-rasmda «a»). Pech tanasiga shayba 3 payvandlangan, unga o‘z navbatida konsentrik joylashgan uchta uzuklar 4 payvandlanadi. Chang cho‘ktirish kamera devoriga esa shayba 1 payvandlanadi, unga o‘z navbatida ikkita uzuklar 4 payvandlanadi. Uzuklar 4 uzuklar 2 orasiga kiradi. Natijada tashqi havoning pech ichiga kirishiga sun’iy to‘siq (labirint) yaratiladi.
    Pechning issiq uchini zichlash uchun asosan aerodinamik zichlash qurilmasi ishlatiladi (4.10-rasmda «b»)
    Pech 6 tanasida flanes 5 va uzuk 4 mahkamlangan. Qo‘zg‘almas kallak (yoki sovitkich) devoriga shaybalar 3, 8, uzuklar 2, 9 bilan hosil qilingan kamera mahkamlanadi. Kameraga u yerga cho‘kkan changni chiqarish uchun quvur 9 va soplolar 10 mahkamlanadi.
    Kameraga soplolar 9 yordamida havo purkaladi. Pech tanasi va uzuk 4 hamda flanes 5 va uzuk 4 orasidagi teshiklardan o‘tgan havo shayba 3 tomon tashlanadi. Bu havo oqimi pech va sovitkich ichiga tashqi sovuq havoning kirishiga to‘sqinlik qiladi.


    Download 101,09 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushlangan changlarni pechga qaytarish moslamasi

    Download 101,09 Mb.