• QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR
  • Amaliyot ishi virtualbox platformasida virtual mashina yaratish va sozlash




    Download 1.01 Mb.
    bet1/4
    Sana17.04.2024
    Hajmi1.01 Mb.
    #198287
      1   2   3   4
    Bog'liq
    VTT 1 Uzb (2)
    Шахсий варақа мактаб, G.GULOM, CSS ХУСУСИЯТЛАРИ. CSS САҲИФАЛАШ., 1711458021 (1), Титул, 3-Amaliy ish Operatsion tizimlar (4 kr), 1711480429 (1), 1712462840 (2) (2), 1712040361, 1711381913 (3), 1-amaliy ish-1, 1710838821 (2), 1710489821

    1 – AMALIYOT ISHI
    VIRTUALBOX PLATFORMASIDA VIRTUAL MASHINA YARATISH VA SOZLASH


    Ishdan maqsad: VirtualBox platformasida virtual mashina yaratish va uning asosiy parametrlarini sozlashni o’rganish.


    TOPSHIRIQ:
    1. VirtualBox dasturini o’rnating
    2. VirtualBox platformasida virtual mashina yarating
    3. Virtual mashinaning asosiy parametrlarini sozlang
    4. Virtual mashinaga operatsion tizim o‘rnating


    QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR

    Virtual mashina (VM – Virtual machine) yoki oddiy gina virtualka – bu ma’lum bir platformaning (target – bu maxsadli yoki mehmon platforma) apparat ta’minotini emulyatsiya qiladigan va tarjet platforma uchun xost platformasida (host – xost-platforma, xo‘jayin platforma) dasturlarni bajaradigan dasturiy va/yoki apparat tizimdir.


    Virtualizatsiya sizga operatsion tizimda operatsion tizim yaratishga va dasturlarni xost-mashinaga o'rnatmasdan sinab ko'rishga imkon beradi. Bundan tashqari, virtualizatsiya sizga pentesting qilish imkonini beradi. Boshqa odamlarning kompyuterlarini buzish o‘rniga (bilgamizki, bu noqonuniy va jazolanadi), uyda operatsion tizimlar va boshqa dasturlarni buzish uchun zaifliklarni topishda ishlatish mumkin.
    Virtualizatsiyaning asosiy tushunchalari:
    1) Xost operatsion tizimi – bu kompyuterda o'rnatilgan va uning resurslarini (protsessor, operativ xotira, qattiq disklar, tarmoq kartasi va boshqalar) boshqaradigan asosiy operatsion tizim. Xost operatsion tizimda odatda Microsoft Office paketi kabi foydalanuvchi ilovalari o’rnatilgan yoki har xil server xizmatlari (masalan, FTP, DHCP, Active Directory, DNS, Proxy va boshqalar) sozlangan bo’ladi. Ishlab chiqarish muhitida yuqori samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo’shimcha dasturlarni birgalikda o’rnatish yoki server xizmatlari va virtualizatsiya uchun dasturlarni (gipervisor) asosiy operatsion tizimda sozlash tavsiya etilmaydi. Ishlab chiqarish muhiti uchun 1-turdagi gipervizorni sozlash tavsiya etiladi (bu turdagi gipervizor tavsifi quyida keltirilgan).
    2) Gipervisor – bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o'zida (parallel) bitta kompyuterda bir yoki bir nechta mustaqil va virtual mashinalar (VM) deb nomlangan mustaqil operatsion tizimlarni ishga tushirishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot. Gipervizorlar konfiguratsiya, ishga tushirish va ishlash uslubiga ko'ra ikki turga bo’linadi.

    Birinchi tur to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning apparat qismida konfiguratsiya qilinadi va ishga tushiriladi. Bu turdagi gipervizor kompyuterda xost operatsion tizimisiz ishlaydi.
    Bu turdagi gipervizorlarga quyidagilar misol bo’la oladi: Oracle VM server, VMware ESX/ESXi, RHEV, HP Virtualization Service Platform.
    Ikkinchi tur kompyuterning xost operatsion tizimida konfiguratsiya qilinadi va ishlaydi. Xost operatsion tizim kompyuterga o’rnatiladi va keyin unda gipervisor dasturi sozlanadi.

    Izolyatsiyalangan muhit

    Xost operatsion tizimi

    Fizik server

    Xost operatsion tizim server resurslarini boshqaradi

    2-turdagi gipervizor

    Izolyatsiyalangan muhit

    Izolyatsiyalangan muhit

    Birinchi mehmon operatsion tizim

    Ikkinchi mehmon operatsion tizim

    Uchinchi mehmon operatsion tizim

    Dasturiy ta’minot (DT)

    DT1

    DT2

    DT1

    DT2

    DTn

    Ushbu turdagi keng ommaga ma’lum bo’lgan gipervizorlar quyidagilar hisoblanadi: Oracle VirtualBox, Microsoft Hyper-V, VMware Server and Workstation.
    3) Mehmon operatsion tizim – bu virtual mashinada (VM) o'rnatiladigan, sozlanadigan va ishlaydigan operatsion tizim.
    4) Virtual mashina – bu mehmon operatsion tizim o’rnatiladigan va ishlaydigan maxsus muhit. Virtual mashina protsessor, operativ xotira, tarmoq kartasi, qattiq disk va h.k. kabi mehmon operatsion tizimning to'g'ri va to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan kompyuter resurslarini o'z ichiga oladi.


    Oracle VM VirtualBox gipervizori haqida
    Shaxsiy virtual muhitni (virtual laboratoriya yoki sinov muhiti) yaratish uchun ikkinchi turdagi gipervizor va Oracle VM VirtualBox (bundan keyin VirtualBox) virtualizatsiya dasturi (gipervizor) tanlanadi. VirtualBox dasturi quyidagi tavsiflari bilan ajralib turadi:

    • tekin,

    • 2-turdagi gipervizorga kiradi (uy sharoitida virtual muhit yaratishga imkon beradi),

    • 32 va 64 bitli xost operatsion tizimlarda ishlaydi,

    • PXE yuklashni qo'llab -quvvatlaydi (PXE – qattiq disksiz tarmoq orqali operatsion tizimni yuklash uchun muhit),

    • apparat virtualizatsiyasini qo'llab-quvvatlashni talab qilmaydi (hatto kompyuter Intel VT-X yoki AMD-V ni qo'llab-quvvatlamasa ham, virtual muhitni o'rnatish va sozlash imkonini beradi).

    VirutalBox gipervizori eng keng tarqalgan xost operatsion tizimlari bilan mos keladi. Quyida VirtualBox ni o'rnatish mumkin bo'lgan ba'zi operatsion tizimlar keltirilgan:

    Download 1.01 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliyot ishi virtualbox platformasida virtual mashina yaratish va sozlash

    Download 1.01 Mb.