• 7.2.2. Konveyer kalsinator.
  • 7.2.3. Siklonsimon issiqlik almashtirgichlar
  • Tashqi issiqlik almashtirgichlar: shlam konsentratori, konveyer kalsinator, siklonsimon issiqlik almashtirgichlar




    Download 101,09 Mb.
    bet29/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    7.2. Tashqi issiqlik almashtirgichlar: shlam konsentratori, konveyer kalsinator, siklonsimon issiqlik almashtirgichlar

    7.2.1. Shlam konsentratori


    Shlam konsentratorida (7.3 - rasm) namlik pechdan chiqayotgan issiqlik yordamida bug‘lantiriladi. Kalta aylanuvchi pechlarda shlam konsentratori o‘rnatish natijasida unumdorlik 15-20 %-ga ortishi mumkin.
    Shlam konsentratori silindr 12, qobiq 10, o‘tish kamerasi 1 va shlam ta’minlagich 4 dan iborat. Silindr ikkita qopqoq 5 va uning sapfalari 3 yordamida podshipniklar 2 ga tayanadi. Podshipniklar suv bilan sovitiladi.

    7.3 – rasm. Shlam konsentratori
    O‘ng qopqoqda tojli tishli g‘ildirak 6 mahkamlangan va u yordamida silindr aylantiriladi (aylanish tezligi – 0,11 ÷ 0,17 rad/s) qopqoqlar 5 bir-biri bilan temir balkalar 11 yordamida mahkamlanadi va hosil bo‘lgan bo‘shlikka turli sharlar, silindrchalar 7 solinadi.
    Maxsus ta’minlagich 4 yordamida konsentrator ichiga shlam tomchilab quyiladi va pechdan chiqayotgan gazlar yordamida shlam tarkibidagi namlikning ma’lum qismi bug‘latiladi.

    7.2.2. Konveyer kalsinator.


    Konveyer kalsinator (7.4-rasm) tezligi 0,067-0,137 m /s bo‘lgan uzluksiz kolosnikli panjara 9 dan tashkil topgan.
    Panjaraning bir uchidan dastlab granulyatsiya qilingan xom ashyo solinadi.



    7.4 – rasm. Konveyer kalsinator
    Kalsinator ishlaganda, xom ashyo granulyator 9 dan tarnov 10 yordamida panjara 1 ga tushadi. Aylanuvchi pech 11 dan chiqayotgan gazlar kamera 5 ning tepa qismiga kiritiladi va ventilator 7 yordamida granulalar qatlami orasidan so‘riladi. Kirayotgan gazlar harorati 1000 gradusga yaqin.
    Konveyer kalsinator quruq usulda sement ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

    7.2.3. Siklonsimon issiqlik almashtirgichlar


    Siklonsimon issiqlik almashtirgichlar quruq usulda sement ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
    Siklonli issiqlik almashtirgichlar XX asrning 50-yillari boshida Germaniyaning Gumboldt firmasi tomonidan yaratilgan.
    Siklonsimon issiqlik almashtirgich (7.6-rasm) uchta alohida siklonlar 4, 5, 9 va batareyali siklon 7 dan tashkil topgan. Siklonlar bir-biri bilan gaz yo‘llari 3 yordamida ulangan.
    Xom ashyo bunker 12 dan konveyer 15 va elevator 17 yordamida vintli ta’minlagich 18, 19 ga uzatiladi. Aylanuvchi pech 1 dan chiqayotgan gazlar gazoxod 2 va so‘ng barcha siklonlardan pastdan tepaga qarab o‘tadi. Xom ashyo esa tepadan pastga qarab barcha siklonlardan o‘tadi va qizdirilgan holda pechga tushadi.
    Quruq usulda sutkasiga tegishlicha 3000 va 5000 t. klinker ishlab chiqaruvchi SMS – 26 va SMS – 27 markali reaktor – dekarbonizatorli pech agregatlarida Rossiyaning VNIItsemmash ilmiy tadqiqot instituti tomonidan avvalgi konstruksiyalarni xorijiy tajriba asosida takomillashtirilgan holda ishlab chiqilgan siklonli issiqlik almashtirgichlar o‘rnatilgan.
    Xorijiy firmalarning siklonli issiqlik almashtirgichlari konstruksiyaning pastki gaz yo‘li qismida bir necha maxsus siqilish joylari ko‘zda tutilishi bilan farq qiladi. (Fransiyaning, Fiv – Kay Babkok, Germaniyaning Polizius firmalari)





    Download 101,09 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi issiqlik almashtirgichlar: shlam konsentratori, konveyer kalsinator, siklonsimon issiqlik almashtirgichlar

    Download 101,09 Mb.