• 7.8 – rasm. Reaktor dekorbanizatorning prinsipial sxemasi
  • Reaktor – dekarbonizatorning texnik xarakteristikasi.
  • Вазирлиги




    Download 101,09 Mb.
    bet31/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    7.2.4. Reaktor – dekarbonizator.


    Pech agregati tarkibiga kiruvchi reaktor – dekarbonizatorning texnologik vazifasi asosiy xom ashyo komponenti ohaktoshning aylanuvchi pechga tushishidan oldin yuqori darajada karbonsizlanishini ta’minlashdan iborat.
    Karbonsizlanish jarayoni xom ashyo unini uyurmali kamerada muallaq holda ushlab turish sharoitida 1200 – 1300 K haroratda jadal qizdirish orqali amalga oshiriladi.
    Uyurmali kameraga tushgunga qadar xom ashyo uni siklonli issiqlik almashtirgichda 1000 K gacha qizdirilgan bo‘ladi. Shuningdek, uyurmali kameraga mazut forsunkasi yoki gaz gorelkasi orqali yoqilg‘i uzatiladi. Klinker sovitkichdagi issiq havo uyurmali kameraga tangensial yo‘nalishda kiritiladi.
    Aylanuvchi pechdan chiqayotgan issiq tutun gazlari yuklash qismi orqali aralashtirish kamerasiga o‘tadi. Dekarbonizator metall devorlarini issiqlikdan saqlash uchun u ichidan futirovka qilinadi.

    7.8 – rasm. Reaktor dekorbanizatorning prinsipial sxemasi
    1 – Materialning harakat yo‘nalishi; 2 – siklon; 3 – gazning harakat yo‘nalishi; 4 – gazoxod(gaz yurish quvuri); 5 – xom ashyo unini uzatish tirqishi; 6 – forsunka; 7 – asosiy yoqilg‘i forsunkasi; 8 – aralashtirish kamerasi; 9 – aylanuvchi pechdan chiqayotgan gaz yo‘li; 10 – qiya gaz yo‘lagi; 11 - uyurmali kamera; 12 – klinker sovitgichdan kelayotgan issiq havoning kirish tirqishi; 13 – uyurmali gorelka;

    Dunyoning Yaponiya, Daniya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarida reaktor – dekarbonizatorning turli xildagi konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Quyida SMS – 20 pech agregatiga o‘rnatilgan SMS – 29 markali reaktor – dekarbonizatorning texnik xarakteristikasi keltirilgan.


    Reaktor – dekarbonizatorning texnik xarakteristikasi.
    7.2-jadval

    Ko‘rsatkichlar

    Qiymati

    Klinker bo‘yicha ish unumdorligi, t / sutka

    3000

    O‘lchamlari , DxH, m
    Uyurmali gorelkaniki
    Uyurmali kameraniki

    1.99x1.6
    4.04x7.3



    Massasi (futerovkasiz), t

    100



    Download 101,09 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




    Download 101,09 Mb.