Panjarali sovitkich tuzilishi va ishlashi




Download 101,09 Mb.
bet34/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

8.2. Panjarali sovitkich tuzilishi va ishlashi


Rekuperator sovitkichlarga nisbatan panjarali sovitkichlar yuqoriroq unumdorlikni va sovitish darajasini ta’minlaydi; ulardan chiqayotgan klinkerning harorati 50 -1200 S ni tashkil etadi.
«Volga» markali bu sovitkichlar Tolyatti shahridagi (Rossiya) NIITSEMMASh institutida loyihalanib, o‘sha yerdagi «VOLGASEMMASh» zavodida tayyorlanadi. Sovitkichlar unumdorligi soatiga 25, 35, 50, 75, 100, 125 va 150 tonnani tashkil etadi. «Volga» markali sovitkich gorizontal joylashgan kolosnik panjarali bir kameradan tashkil topgan. Ichidan kamera devorlari panjara sathigacha po‘lat zirx plitalar bilan, undan yuqorisi esa, o‘tga bardosh beradigan g‘isht bilan qoplangan (8.2-rasm).
Aylanuvchi pech 2 ichidan chiqayotgan klinker qiya joylashgan qo‘zg‘almas panjara bilan jihozlangan kameraga tushadi. U yerda klinker yuqori bosim ventilatori yordamida haydalayotgan 10 – 12 KPa (1000 – 1200 mm suv ustuni.) bosimli havo bilan keskin sovitiladi. Undan tashqari, havoning yuqori bosimi kameraga tushayotgan klinkerni panjara kengligi bo‘ylab bir tekisda taqsim qilishga olib keladi. Bu esa klinkerni bir tekis sovitishga yordam beradi.
Undan so‘ng klinker qator joylashgan qo‘zg‘aluvchi 12 va qo‘zg‘almas 13 kolosniklardan tashkil topgan gorizontal panjaraga tushadi. Qo‘zg‘almas kolosniklar 14 balkalarga, qo‘zg‘aluvchi kolosniklar esa qo‘zg‘aluvchi 11 aravachalarga mahkamlanadi. Qo‘zg‘aluvchi kolosniklar ilgarilama – qaytma harakat qiladi. Kolosniklarning tikka oldingi va qiya orqa yuzalari klinkerni oldinga, sovitkichning uchi tomon harakat qildiradi va u yerdan sovitilgan klinker konveyer 9 yordamida omborga jo‘natiladi.
Sovitkichning bo‘shatish uchida qo‘zg‘almas g‘alvir va klinkerning katta bo‘laklarini parchalovchi bolg‘ali maydalagich 7 o‘rnatilgan. Sovitkich panjarasini orasidan tushib ketgan klinker donalari sudragich konveyeri 10 yordamida bo‘shatish uchi tomon tortiladi. Kolosnikli panjaraning pastki qismi to‘sqichlar 15 yordamida kameralarga ajratilgan.


Download 101,09 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Panjarali sovitkich tuzilishi va ishlashi

Download 101,09 Mb.