Rekuperator tipidagi sovitkichlar




Download 101,09 Mb.
bet33/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

8.1 Rekuperator tipidagi sovitkichlar


Rekuperator tipidagi sovitkichlar aylanuvchi pechlardan chiqayotgan klinkerni 11000S dan 450 – 6000 S gacha sovitishga xizmat qiladi. Ularning asosiy afzalliklari: tuzilishining soddaligi va qo‘shimcha yuritma kerak emasligi. Bunday sovitkichlar asosan uzunligi 150 metrgacha va diametri 4 metrgacha bo‘lgan aylanuvchi pechlarning oxiriga o‘rnatiladi. Klinkerni past haroratlargacha sovitmasligi va pechning oxirgi tayanchiga rekuperator sovitkichning og‘irligi qo‘shimcha og‘irlik bo‘lib tushishligi rekuperator tipidagi sovitkichlarning kamchiligi hisoblanadi.
Rekuperator sovitkich (8.1-rasm) aylanuvchi pech 1 ning issiq uchiga o‘rnatilgan bir nechta barabanlar 2 dan tashkil topib, ular aylanuvchi pech tanasi 1 ga o‘tish kamerasi 3 va sharnir diafragmalar 4 yordamida mahkamlanadi. Barabanlar ichidan uzunligining 1/3 qismigacha o‘tga chidamli g‘ishtlar bilan qoplanadi, qolgan qismiga zanjirlar va materialni ko‘tarib to‘kadigan tochkalar o‘rnatilgan.





8.1-rasm. Rekuperator tipidagi sovitkich
Sovitkich quyidagicha ishlaydi:
Pechning ichida issiq uchiga qarab kelayotgan klinker o‘tish kameralari 3 orqali rekuperator barabanlariga taqsimlanadi va o‘zining harakatini shu barabanlar ichida davom ettiradi. Yoqilg‘ining yonishi uchun kerakli bo‘lgan havo shu barabanlar ichida klinker harakatiga qarama-qarshi harakatda bo‘lib, klinker issiqligini o‘ziga olib, o‘tish kameralari orqali pech ichiga kiradi va u yerda pechning sovuq uchi tomon tutunso‘rg‘ich yordamida harakatlanadi.
Rekuperator barabanlari ichida sovitilgan klinker plastinkali transportyorga tushirilib, klinker omboriga jo‘natiladi.
Rekuperator sovitkichlar bilan jihozlangan aylanuvchi pechlar tuzilishi soddaroq bo‘ladi (qo‘shimcha yuritmalar va ventilatorlar yo‘qligidan), bu esa klinker kuydirish uchun safrlanayotgan elektr energiyasini kamaytiradi va pechni ishlatish va xizmat ko‘rsatishga ketayotgan sarf – harajatlarni ham kamaytiradi.

Download 101,09 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rekuperator tipidagi sovitkichlar

Download 101,09 Mb.