• 10 – BOB. Ohak kuydirish pechlarining asosiy qismlari tuzilishi va hisoblash asoslari
  • Shaxtali pechlarning yordamchi jihozlari




    Download 101,09 Mb.
    bet41/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    9.4. Shaxtali pechlarning yordamchi jihozlari


    Xom ashyo turli transportlovchi vositalar (lentali, plastinkali va h. transportyorlar) yordamida bunkerlarga kelib tushadi va u yerdan miqdorlagichlar (lentali, plastinkali, lotokli va h.) yordamida skipli ko‘targichga uzatiladi. Skipli ko‘targichning vazifasi xom-ashyoni shaxtali pechning yuklash qurilmasigacha ko‘tarish.
    Skipli ko‘targich shaxtali pech tanasiga tayanadi va 60-800 qiyalikda o‘rnatiladi.
    Pech o‘lchamlariga qarab, skipli ko‘targich vertikal bo‘yicha xom-ashyoni 25-35 m balandlikka ko‘taradi. Skipli ko‘targichlar lebedkalari 4-8 t yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan. Ko‘targich cho‘michlarining (kovshlarining) hajmi 0,5 ÷ 1,5 m3 ni, yuritmasining quvvati 14 ÷ 20 kVt ni tashkil etadi.
    Pechdan chiqayotgan changli gazlar siklonlar va elektrfiltrlar yordamida tozalanadi, tutunso‘rgich va zavod quvuri orqali atmosferaga tashlanadi.


    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    1. Ohakni ishlab chiqarish uchun xom ashyo nima?

    2. Ohakning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ta’riflang

    3. Ohak qanday turlarga bo‘linadi?

    4. Ohak ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni sanab bering?

    5. Ohak kuydirishda qaysi pechlar ishlatiladi?

    6. Shaxtali pechlarda qaysi o‘lchamdagi ohaktosh parchalari kuydiriladi?

    7. Aylanuvchi pechlarda qaysi o‘lchamdagi ohaktosh parchalari kuydiriladi?

    8. «Qaynayotgan qatlam» pechlarda qaysi o‘lchamdagi ohaktosh parchalari kuydiriladi?

    9. Shaxtali pechning asosiy qismlarini aytib bering?

    10. Shaxtali pechlarda ohak kuydirishda qanday yoqilg‘ilar qo‘llaniladi?

    10 – BOB. Ohak kuydirish pechlarining asosiy qismlari tuzilishi va hisoblash asoslari

    10.1 Yuklash qurilmasining tuzilishi va uning quvvatini hisoblash


    Yuklash qurilmasi yuqori va pastki klapanlardan tuzilgan bo‘lib, ularning bittasi ochilganida ikkinchisi berk turadi. Xom ashyoni pech yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlash maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi. Yuklash qurilmasining bunday tuzilmasi issiq gazlarning pechdan chiqib ketmasligini ta’minlaydi.
    Xom ashyoni pech yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlash maxsus moslamasi idishi elektrodvigatelining quvvati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    N = ( N1 + N2) / ( 1 + 2), (10.1)
    bu yerda: N1 - idishga ag‘darilgan materialning notekis joylashgan qismini aylantirishga sarflanadigan quvvat, vt;
    N2 - idishning harakatlanishiga ko‘rsatiladigan qarshilikni yengish uchun sarflanadigan quvvat, vt;
    1 - yuritma mexanizmi F.I.K. ( 1=0,9+0,96);
    2 - elektrodvigatel dastlab ishga tushirilayotgan momentdagi quvvat zapasini hisobga oladigan koeffitsient ( 2=0,8+0,85 );
    N1 = A · ω, (10.2)
    bu yerda: A-yuklangan materialning notekis qismiga kinetik energiyani yetkazish uchun sarflangan ish;
    ω - idish (chasha) aylanishining burchak tezligi.
    A = G /2 ( R0 / 30)2, (10.3)
    bu yerda: G - idishga ortilgan materialning muvozanatga keltirilmagan qismining massasi (G = 0,64-0,72 Gm);




    Download 101,09 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxtali pechlarning yordamchi jihozlari

    Download 101,09 Mb.