• III – BO‘LIM. OHAK IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI
  • Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar




    Download 101,09 Mb.
    bet38/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



    1. Klinkerni sovitishdan qanday maqsad ko‘zlanadi?

    2. Klinker sovitkichlar turlarini tariflang

    3. Rekuperator sovitkichning tuzilishini ifodalang

    4. Rekuperator sovitkichda klinker nima yordamida sovitiladi?

    5. Rekuperator sovitkich unumdorligi qanday hisoblanadi?

    6. Panjarali sovitkichda klinker nima yordamida sovitiladi?

    7. Panjara ustida klinker nima evaziga harakat qiladi?

    8. Panjarali sovitkich unumdorligi qanday hisoblanadi?

    9. Panjarali sovitkich yuritmasi quvvati nimaga sarflanadi?

    10. Panjarali sovitkichda bolg‘ali maydalagich nimaga xizmat qiladi?



    III – BO‘LIM. OHAK IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI

    9 – BOB. Ohak ishlab chiqarish sxemalari va qo‘llaniladigan jihozlar

    9.1. Ohakning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


    Ohakning bog‘lovchi xossalari odamzodga qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan va bunga o‘sha zamonlarda yaratilgan me’moriy yodgorliklar guvoh bo‘la oladi (toshlardan solingan imoratlar g‘ishtlari bir-biri bilan aynan ohakdan tayyorlangan aralashmalar yordamida biriktirilgan va h.).
    Ohak tabiiy ohaktoshdan uni kuydirish yo‘li bilan olingan va bunda oddiy kimyoviy reaksiya vujudga kelgan:
    SaSO3 → SaO + SO2 ↑ , (9.1)
    Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan SaO kuydirilgan ohak bo‘lib, uni shu holda ishlatib bo‘lmaydi, Ishlatishdan avval ohak suv yordamida so‘ndiriladi:
    SaO + N2O = Sa(ON)2 + Q, (9.2)
    Bu kimyoviy reaksiya ekzotermik bo‘lib, uni amalga oshishi jarayonida talaygina miqdorda issiqlik Q ajralib chiqadi.
    Hosil bo‘lgan so‘ndirilgan ohak qurilish va texnologik turlarga bo‘linib, xalq xo‘jaligining quyidagi tarmoqlarida ishlatiladi :
    a) qurilishda:
    - g‘isht terishda va devorlarni suvoq qilish aralashmalar tayyorlashda (qurilish ohagi);
    b) qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida:
    - silikat g‘ishti yetishtirishda (texnologik ohak).
    - devorbop silikat beton mahsulotlar ishlab chiqarishda.
    - metallurgiya sanoatida cho‘yanlardan po‘latlar olishda.
    v) qishloq ho‘jaligida ayrim yerlarni ohaklantirishda:
    g) kimyo sanoatida:
    - soda, karbid, gipoxlorid, kalsiy, magniy va ishqorlar ishlab chiqarishda.
    d) oziq – ovqat sanoatida:
    - qand ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda (suvni kimyoviy tozalashda, dezinfeksiya qilishda va sh.o‘.)
    Oziq-ovqat sanoatida shakar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohakda SaO miqdori 90-92 % ni tashkil etishi lozim, SO2 esa 2-5 % bo‘lishi kerak.
    Kimyo sanoatida ishlatiladigan ohakka maxsus talablar qo‘yiladi. Masalan, kalsiy gipoxloridi va kalsiy karbidi olishda ohak tarkibidagi SaO 95 % ni tashkil etishi kerak. Soda ishlab chiqarishda SaO + MgO miqdori 82-85 % ni, SO2 miqdori 6-8 %ni tashkil etishi lozim.

    Download 101,09 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    Download 101,09 Mb.