• 9.3 – rasm Shaxtali pech va uning yuklash qurilmasi
  • 9.3 – rasm Shaxtali pechning tushirish qurilmasi
  • Shaxtali pechlarning umumiy tuzilishi va ishlash asoslari




    Download 101,09 Mb.
    bet40/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    9.3. Shaxtali pechlarning umumiy tuzilishi va ishlash asoslari


    Vertikal shaxta ko‘rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi kesimli ish bajarish joyi bo‘lgan pech shaxtali pech deb ataladi (9.2-rasm).

    a) b)
    9.2 – rasm. Shaxta pechining umumiy ko‘rinishi
    a) kattiq Yoqilg‘ida ishlaydigan shaxta pechi
    b) gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan shaxta pechi
    Shaxtali pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun qo‘llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon Yoqilg‘ilarda ishlaydi.
    Qattiq yoqilg‘i xom ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yoqilg‘ilar pechning pastki qismidan pechga kiritiladi.
    Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2 da amalga oshadi.
    Yukni ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi.

    9.3 – rasm Shaxtali pech va uning yuklash qurilmasi
    1 – tushirish qurilmasi; 2 – plastinkali konveyer; 3 – chig‘ir; 4 – skipli ko‘targich; 5 – shaxta; 6 - satx o‘lchagich; 7 – yuklash qurilmasi; 8 – dozator; 9 – zatvor; 10 – aylanuvchi chasha; 11 – tojli g‘ildirak; 12,17,21 – konus; 13 –tortgich; 14 – radial kolosnik; 15 – rolikli tayanch; 16 – balans yuk;
    18 – rama; 19 – shtanga; 20 – konussimon qobiq;

    9.3 – rasm Shaxtali pechning tushirish qurilmasi
    22 – variator; 23 – elektrodvigatel; 24 – voronka; 25 – panjara; 26,28 – tirqish(lyuk); 27 – quvurcha; 29 – klapan; 30 – zatvor; 31 – balans yuk; 32 – val; 33 – richag; 34 – konussimon tishli juftlik; 35,36 – reduktor;

    Xom ashyo va qattiq yoqilg‘i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yoqilg‘ini uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o‘rnatiladi.


    Xom ashyo yuqoridan pastga tushish mobaynida kuyib, tayyor mahsulotga aylanadi va pechning pastki qismidan tushirib olinadi.
    Pechning ishlash jarayonida xom ashyo bunkerdan cho‘michli ko‘targich 4 ga uzatiladi va chig‘ir (lebedka) yordamida pechning yuqori qismigacha ko‘tariladi, u yerdan yuk ortish qurilmasi 7 ga tushadi. Shaxtaning yuqori qismida yuk ortuvchi qurilmaning ramasi joylashgan.
    Yuk ortuvchi qurilma pechning germetikligini va pechning hamma kesimi bo‘ylab materialning teng taqsimlanishini ta’minlashi kerak.

    Download 101,09 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxtali pechlarning umumiy tuzilishi va ishlash asoslari

    Download 101,09 Mb.