• 11.4. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni unumdorligi va yuritmasining quvvatini hisoblash
  • -rasm. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni




    Download 101,09 Mb.
    bet48/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    11.6-rasm. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni.
    Tayyor bo‘lgan gipsning donalari (SaSO4·0,5N2O) hali pishmagan gips donalaridan (SaSO4·2N2O) yengil bo‘lganligi tufayli, ular gips pishirish qozonining yuqori qismida to‘planadi va qozondan chiqadi. Tayyor bo‘lmagan xom ashyo esa sirkulyatsion harakatini davom ettiradi.
    Gips 150 0S haroratda pishiriladi, qozonning hajmi 4,4 m3 ni, unumdorligi 1.4-1,7 kg/s ni, aralashtirgich yuritmasining quvvati 7 kVt ni va shnek yuritmasining quvvati 10 kVt ni tashkil etadi.

    11.4. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni unumdorligi va yuritmasining quvvatini hisoblash


    Shnekning unumdorligi (kg/s):

    U = V φ · n · ρ , (11.2),


    bu yerda V- shnekning bir o‘ramasini to‘ldirish uchun kerakli gips hajmi; φ = 0,5÷0,8 - to‘ldirish koeffitsienti; n=2,5÷3,2 ayl/s - shnek aylanish tezligi; ρ =1800 kg/m3 – gips kukunining zichligi.


    V = S · l1 (11.3)


    bu yerda S – shnek bitta chizig‘ining foydali yuzasi, m2 ;


    l1 = 0,12÷0,16 m – vint qadami.

    S = π ( D2 - d2 ) / 4 (11.4)


    Bu yerda D = 0,4-0,5 m – vintning tashqi diametri ;


    d=0,12-0,15 m – shnek valining tashqi diametri.
    Olinganlar (11.2) tenglamaga qo‘yilsa:

    U = [π (D2 - d2 ) / 4] l1 φ · n · ρ, (11.5)




    Shnek yuritmasining quvvati gipsni ko‘tarishga sarflanadigan N1, shnek o‘ramlari va quvurga ishqalanish karshiliklarini yengishga sarflanadigan N2 va uzatmalar qarshiliklarini yengishga sarflanadi.
    Gipsni ko‘tarishga sarflanadigan quvvat:

    N1 = G·H /τ (11.6)


    Bu yerda G – τ vaqt davomida surilayotgan gips kukuni vazni, kg ;


    N – gipsni ko‘tarish balandligi, m.
    Shnek aylanishi natijasida gips kukuni quvurning ichki yuzasiga quyidagi kuch bilan yopishtiriladi:

    P=m ω2 Ro‘ (11.7)


    m = G1 /g = V · φ · ρ / g , (11.8)


    bu yerda m – quvur ichidagi gips massasi; ω – shnekning burchak tezligi , rad/s ; Ro‘ –vintning o‘rta radiusi, m; G1 – quvur ichidagi gips vazni, N ; g=9,8 m/s2 – erkin tushish tezlanishi.
    Gips harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch :

    T = P f1 (11.9)


    Bu yerda f1 = 0,23 – 0,26 – ishqalanish koeffitsienti.
    Gipsni ishqalanishlarini yengish uchun sarflanayotgan quvvat :

    N = T v = p f v = m ω 2 Ro‘ f v (11.10)


    Shnek validagi quvvat :


    N = ( N1 + N2 ) / η = tg α / tg (α + β ) (11.11)


    bu yerda η – vint FIK i ; α – vint chizig‘ining ko‘tarilish burchagi ; β – ishqalanish burchagi.


    Elektromotor validagi quvvat:

    Nm = N k / η1 , (11.12)


    Bu yerda k = 1,7 – quvvatning zahira koeffitsienti; η1 = 0,9 – 0,94 – yuritmaning FIKi



    Download 101,09 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni

    Download 101,09 Mb.