Armatura po‘latlari va ularning mexanik xossalari




Download 101,09 Mb.
bet51/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

12.2. Armatura po‘latlari va ularning mexanik xossalari


Tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha armatura sterjenli va simli turlarga bo‘linadi: sterjensimon armatura issiq holatda prokatka usuli bilan, simsimon sovuq holatda cho‘zish usuli bilan ishlab chiqariladi.
O‘z navbatida sterjensimon va simsimon armatura yuzasi tekis yoki g‘udir-budirlangan bo‘ladi.
Ishlatish sharoitlariga ko‘ra armatura po‘latlari oddiy va zo‘riqtirilgan turlarga bo‘linadi.
Sterjensimon armatura diametri 10 mm va undan ortiq bo‘lganda pachkalarda keltiriladi, diametri 10 mm va undan kam bo‘lgan simsimon va sterjensimon armatura g‘altaklarda keltiriladi.
Sterjensimon armatura quyidagi sinflarga bo‘linadi (mexanik xossalariga ko‘ra): A-I, A-II, A-III, A-IY, A-Y. Sovuq holatda cho‘zish yo‘li bilan mustahkamlangan armatura quyidagi sinflarga bo‘linadi: A-IIB. A-IIIB, …
Termik yo‘l bilan mustahkamlangan armatura esa quyidagi sinflarga ajraydi: At-IY, At-Y, At-YI va hokazo
Sterjensimon armaturaning hisobiy cho‘zish kuchini aniqlashda to‘liq zo‘riqtirish qabul qilinishi kerak:
σ ≤ (0,9 – 1,0) σ o
σ o – oquvchanglik chegarasi.
Sterjensimon armaturalarining mexanik xossalari 12.1-jadvalda keltirilgan.
Sterjensimon armaturalarining mexanik xossalari
12.1-jadval.

Sinf

A-I

A-II

A-III

A-IY

A-IIB

A-IIIB

At - IY

At -Y

At - YI

σ o ·
10-7 n/m2

24


30


40


60


45


55


60


80


100




Simsimon armaturalar armatura simlariga va armatura mahsulotlariga bo‘linadi.
Armatura simlari oddiy sinf V-I va yuqori mustahkamlikka ega B-II sinflariga bo‘linadi.
G‘udir-budirlangan armaturani belgilashda «r» harfi qo‘yiladi, masalan Vr –II.
Armatura mahsulotlari yetti va o‘n to‘qqiz simli o‘ramalar, ikki o‘rama va uch o‘rama kanatlar hamda payvandlangan to‘rsimon turlarga bo‘linadi.

Download 101,09 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Armatura po‘latlari va ularning mexanik xossalari

Download 101,09 Mb.