V – BO‘LIM. TEMIR-BETON MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI




Download 101,09 Mb.
bet50/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

V – BO‘LIM. TEMIR-BETON MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI




12-bob. Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

12.1. Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish sxemalari va jihozlarning qisqacha tavsifi


Beton mo‘rt material bo‘lganligi tufayli (ya’ni, siqilishga yuqori mustahkamlikka, cho‘zilishga esa past mustahkamlikka ega), beton metall armatura yordamida kuchaytiriladi va shu asosda olingan mahsulot temir-beton deb nomlanadi.
Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishda 3 asosiy usul qo‘llaniladi:
1) stend usuli;
2) agregat-oqimli usul;
3) konveyer usuli.

12.1-rasm. Stend usuli texnologik sxemasi
1-armatura o‘ralgan g‘altaklar; 2–betonyotqizgich; 3-gidrodomkratlar; 4–ko‘prik kran; 5–aravacha; 6–qoliplar.
Stend usuli (yillik mahsulot hajmi 10 ming m3 gacha) bevosita qurilish maydonchasida yoki uning yonida amalga oshiriladi. Barcha texnologik jarayonlar ochiq maydonchalarda, stendlarda va poligonlarda bajariladi (12.1-rasm)
Agregat-oqimli usul – bu kichik seriyali ishlab chiqarish bo‘lib, yillik unumdorligi 20 ÷ 150 ming m3 ni tashkil etadi Bu usulni amalga oshirishda universal jihozlar qo‘llaniladi (12.2-rasm)



12.2-rasm. Agregat-oqimli usul texnologik sxemasi
1–betonyotqizgich; 2–qoliplash posti; 3–bug‘ bilan qotirish kamerasi; 4- tayyor mahsulot ombori; 5–aravacha; 6– tayyor mahsulotni qolipdan ajratish posti; 7–kran; 8–buyum bilan qolip.

Agregat-oqimli usulning kamchiligi texnologik jarayonlarning to‘liq mexanizatsiya qilinmaganligi va qo‘l mehnati ishlatilishidir.


Konveyer usuli bir turdagi temir-beton mahsulotlarni ko‘p miqdorda tayyorlashga imkon beradi. Barcha texnologik jarayonlar maxsus postlarda bajariladi. Qoliplar va buyumlar postdan postga konveyer yordamida uzatiladi.
Konveyer usulidan juda katta miqdorda bir xil assortimentdagi temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishda foydaniladi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishda, jihozlarni qayta moslashtirilish uchun uzoq vaqt va katta mablag‘ talab etilishi konveyer usulining kamchiligi hisoblanadi.
Beton qorishma tayyorlash bo‘limidan betonyotqizgich 1 ga uzatiladi. Moslama 6 yordamida tozalangan va moylangan qolip post 3 ga armatura o‘rnatish va uni taranglash uchun joylashtiriladi, undan so‘ng qolip qoliplash posti 2 ga uzatiladi.
12.3-rasm. Konveyer texnologik chizig‘i sxemasi.
Qoliplangan mahsulot aravacha 7 va ko‘targich 8 yordamida tunnelsimon kamera 9 ga qotirish uchun jo‘natiladi. Qotgan mahsulot qolip bilan birga moslama 4 va aravacha yordamida bo‘shatish posti 5 ga uzatiladi. U yerda armatura kesiladi va tayyor mahsulot kran yordamida qolipdan chiqarib olinadi.



Download 101,09 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V – BO‘LIM. TEMIR-BETON MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIK KOMPLEKSLARI

Download 101,09 Mb.