• 13.3 Beton zichlagichlar
  • – rasm. SM – 837 markali beton yotqizgichning umumiy ko‘rinishi




    Download 101,09 Mb.
    bet58/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    13.5 – rasm. SM – 837 markali beton yotqizgichning umumiy ko‘rinishi.
    1 – rama, 2 – vibronasadka, 3 – plitalar uchun qolip, 4 – poddon,
    5 – vibronasadka yuritmasi, 6 – elektrodvigatel, 7 – bunker.
    Ushbu turdagi beton yotqizgichlar uzellarining yuqori darajada unifikatsiyalanganligi, qolipga beton aralashmasini teng taqsimlash imkonini beruvchi tasmali ta’minlagichli bunkerlar sonining ko‘pligi bilan hamda vibronasadkada maxsus debalansli vibratorlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi beton yotqizgichlardan agregat – oqim, stend yoki konveyer usullarida ham samarali foydalanish mumkin.

    13.3 Beton zichlagichlar


    Beton aralashmasini zichlashda shunday sharoit yaratish kerak – ki, bunday aralashma zarrachalari bir – biriga nisbatan siljiy olmaydigan barqaror holatni egallasin. Buning uchun beton tarkibi to‘g‘ri tanlangan va sifatli zichlangan bo‘lishi kerak.
    Beton aralashmasini zichlash usuli va rejimini tanlash kerakli sifatga ega bo‘lgan temir – beton mahsulotlari tayyorlash, mehnat sarfini va boshqa harajatlarni kamaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
    Temir – beton mahsulotlari ishlab chiqarishda beton aralashmasini vibratsiya va markazdan qochma usullardan foydalanib zichlash keng tarqalgan.
    Zichlovchi tebranma harakatni beton aralashmasiga uzatish usuliga ko‘ra vibratorlar ichki, yuzaki, osma va boshqa turlarga bo‘linadi.
    Titratuvchi maydonlar temir – beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida beton aralashmasini zichlash uchun ishlatiladigan asosiy mashinalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Vibromaydonlar yuk ko‘taruvchanligi, tebratish xarakteri, chastotasi, qolip va poddonlarni biriktirish usullariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.
    Sanoatda beton aralashmasini zichlash uchun aylanma harakatli, vertikal yo‘nalgan va gorizontal yo‘nalgan tebranishli vibromaydonlardan foydalaniladi.
    Bir valli vibromaydonlar aylanma harakatli tebranishlar hosil qiladi. Ikki, to‘rt va undan ko‘p vibromaydonlar esa vertikal yoki gorizontal yo‘nalgan tebranishlar hosil qiladi.
    13.6 – rasmda ikki valli vertikal yo‘nalgan tebranishli vibromaydon sxemasi keltirilgan.
    Vibratorning birinchi va ikkinchi qator debalanslari 5, 6 bir xil massaga ega va og‘irlik markazidan bir xil tezlikda bir – biriga qarama – qarshi yo‘nalishda aylanadi. Debalansli vallarning bir xil tezlikda aylanishi sinxronizator yordamida ta’minlanadi.




    Download 101,09 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. SM – 837 markali beton yotqizgichning umumiy ko‘rinishi

    Download 101,09 Mb.