• 14.2. Bo‘sh rolikli sentrifuga tuzilishi
  • -bob Temir-beton quvurlar qoliplovchi mashinalar




    Download 101,09 Mb.
    bet60/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    14-bob Temir-beton quvurlar qoliplovchi mashinalar

    14.1. Sentrifugalash usulining fizik asoslari


    Sentrifugalash usuli yordamida turli maqsadlarda ishlatiladigan temir-beton buyumlar – quvurlar, yig‘ma quduq va kollektorlar tayyorlanadi. Bu usul asosida beton aralashmasini zichlash jarayoni markazdan qochma kuch asosida bajarilishi yotadi.
    Sentrifuga qurilmasiga qolip o‘rnatilib aylantiriladi. Qolip ichiga berilayotgan beton markazdan qochma kuch ta’sirida qolip devorlariga bir tekisda qoplanadi va suvsizlantiriladi.
    Qoliplarni aylantirish jarayonlari bo‘sh rolikli, kamarli va o‘qli sentrifugalarda amalga oshiriladi.
    Bo‘sh rolikli sentrifugada qolipni aylantirish bandaj va rolik orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi ta’sirida amalga oshiriladi.
    Kamarli sentrifugada esa qolipni aylantirish kamar bilan qolip orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi ta’sirida amalga oshiriladi.
    Temir-beton quvurlar bosimli va bosimsiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi.
    Bosimsiz ishlaydigan quvurlar tashqi kanalizatsiya tarmoqlari va bosim tushmaydigan suv quvurlarini qurish uchun ishlatiladi.
    Quvurlarning diametri 300÷2500 mm. Ularni qoliplash uchun suvli sharoitda ishlash uchun moslashtirilgan sement asosida tayyorlangan kamida M300 markali beton qorishmasi ishlatiladi. Quvurlarga suv o‘tkazmaslik va yemirilishga chidamlilik jihatdan alohida talablar qo‘yiladi.

    14.2. Bo‘sh rolikli sentrifuga tuzilishi


    Bo‘sh rolikli sentrifuga uzunligi 5 metrgacha bo‘lgan bosimsiz ishlaydigan quvurlarni tayyorlashda ishlatiladi.

    14.1-rasm. Bo‘sh rolikli sentrifuga.
    sentrifuga fundament ramasidan 1 va unga o‘rnatilgan yetaklovchi 2, yetaklanuvchi 9 roliklardan, gidravlik ko‘targich 6 va yuritmadan tashkil topgan.
    Yuritma doimiy tokda ishlovchi elektromotor 3, zanjirli uzatma 14, differensial mexanizm 11 va kolodkali gidravlik tormozdan tashkil topgan. Tormozni boshqarish qo‘l yordamida gidravlik nasos 12 orqali amalga oshiriladi.
    Differensial mexanizm roliklarni turli xil burchak tezliklari bilan aylanishiga yordam beradi. Taxogenerator 4 elektromotorning aylanish tezligini nazorat qilib turadi.
    Taxogenerator elektromotorga tishli uzatma orqali bog‘langan. sentrifuganing ishlashi qolipni qurilmaga o‘rnatishdan boshlanadi. Yuritma ishga tushirilgandan keyin ta’minlagich yordamida beton aralashmasi qolipga berila boshlanadi. Markazdan qochma kuch ta’sirida beton qolip devorlariga zichlanadi va suvsizlantiriladi.

    Download 101,09 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob Temir-beton quvurlar qoliplovchi mashinalar

    Download 101,09 Mb.