• 12.6-rasm. Press-qaychilar sxemasi
  • -rasm. Armaturani tekislovchi va qirquvchi dastgohlar




    Download 101,09 Mb.
    bet53/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    12.5-rasm. Armaturani tekislovchi va qirquvchi dastgohlar
    Zamonaviy tekislash va qirqish dastgohlarining armatura uzatish tezligi 15-50 m/min ni, armatura tortish moslama yuritmasining quvvati 1,4-4,5 kVt ni, tekislash va qirqish moslamasi yuritmasining quvvati esa 1,4 - 7,0 kVt ni tashkil etadi

    12.4. Armaturani kesuvchi va eguvchi dastgohlar


    12.6-rasmda yakka armaturani kesishga mo‘ljallangan press-qaychilar tasvirlangan.
    Armatura ishchi tomonidan 12 va 13 pichoqlar orasiga o‘rnatiladi va u yerda qirqiladi. Harakatlanuvchi pichoqqa ilgarilama-qaytma harakat elektromotor 7, uch juft tishli uzatma 8, tirsakli val 6, shatun 10 va polzun 11 orqali beriladi.
    Press-qaychilar armatura diametri 20-70 mm bo‘lganda qo‘llaniladi. Unumdorligi 32-35 kesim/min, pichoqlar yo‘li 25-28 mm, yuritma quvvati 1,5-5,8 kVt ni tashkil qiladi.

    12.6-rasm. Press-qaychilar sxemasi

    Gilotinalar kengligi 3800 mm gacha bo‘lgan (armatura simi diametri 12 mm gacha) armatura to‘rlarini kesishda ishlatiladi (12.7-rasm).
    Armatura to‘ri qo‘zg‘aluvchi 9 va qo‘zg‘almas 8 pichoqlar orasida kesiladi. Qo‘zg‘aluvchi pichoqlar 9 ga harakat elektromotor 5, ponasimon kamarli uzatma 11, tirsakli val 14 orqali uzatiladi. Tirsakli valning bir uchida tormoz 15, ikkinchi uchida esa bir aylanmali mufta 13 mahkamlangan. Bir aylanmali mufta 13 tishli g‘ildirak 12 dan harakat oladi.
    Armatura to‘ri dastgoh stoliga o‘rnatilgandan so‘ng yuritma harakatga keltiriladi va ishchi bir aylanmali mufta 13 ni ishga kiritadi: pichoklar 9 pastga tushib, armatura to‘rini kesadi va yana yuqori holatiga borib to‘xtaydi. Yangi to‘r o‘rnatilgandan so‘ng ishchi harakat takrorlanadi.
    Gilotina unumdorligi 120-180 kesim/soat bo‘lib, yuritma quvvati 4,5-10 kVt bo‘ladi (dastgoh katta-kichikligiga qarab).
    Armaturani eguvchi dastgohlar yakka armatura simlarini egish va armatura to‘rlarini egishga mo‘ljallangan.
    12.8-rasmda yakka armaturani eguvchi dastgoh tasvirlangan (a-umumiy ko‘rinishi; b-egish sxemasi; v-yuritmasi sxemasi).
    Ishchi disk aylanish tezligi: - 0,63-0,84 rad/s (armatura diametri 44 mm gacha bo‘lganda) va - 0,05-0,37 rad/s (armatura diametri 45-90 mm bo‘lganda).


    Download 101,09 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Armaturani tekislovchi va qirquvchi dastgohlar

    Download 101,09 Mb.