Armatura po‘latlarini tozalovchi va tekislovchi dastgohlar tuzilishi, ishlashi va hisoblash asoslari




Download 101,09 Mb.
bet52/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

12.3. Armatura po‘latlarini tozalovchi va tekislovchi dastgohlar tuzilishi, ishlashi va hisoblash asoslari


Armatura po‘latlarini tozalovchi dastgohlar issiq holatda olingan armaturani va yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan simlarni tozalashda qo‘llaniladi (12.4-rasm).





12.4-rasm. Armaturani tozalovchi dastgoh sxemasi.
Armatura simi dastgoh ichidan uzluksiz maxsus g‘ildiraklar yordamida tortiladi va yuzasi aylanayotgan cho‘tkalar 5 yordamida tozalanadi. Cho‘tkalar aylanishini ichki yo‘naltirgich 3 ga mahkamlangan g‘ildiraklar 4 ta’minlaydi. O‘z navbatida ichki yo‘naltirgich 3 harakatni elektromotor 7 va ponasimon kamarli uzatma 6 dan oladi.
Ichki yo‘naltirgich 3 aylanayotganda g‘ildiraklar 4 tashqi yo‘naltirgich yuzasi bo‘ylab yuguradi va cho‘tkalar 5 ni o‘z o‘qi atrofida hamda armatura atrofida murakkab aylanma harakatga keltiradi va natijada armatura yuzasi zanglardan va boshqalardan tozalanadi.
Armaturani tozalovchi dastgohning texnik tavsifi:
a) armatura uzatish tezligi - 0,15 – 0,20 m/s;
b) cho‘tkalar burchak tezligi - 84 - 105 rad/s;
v) elektromotor quvvati - 2,5 - 3,0 kVt;
g) armatura simi diametri - 20 - 100 mm;
Armaturani tekislovchi va kesuvchi dastgohlar davriy va uzluksiz ishlovchilarga bo‘linadi.
12.5 a) - rasmda armaturani tekislovchi va kesuvchi davriy ishlaydigan dastgoh sxemasi keltirilgan.
Armatura simi g‘altak 1 dan tortuvchi roliklar 3 yordamida tekislovchi baraban 2 ichidan sudraladi. Baraban ichida sim ilon izi shaklida o‘tadi va baraban plashkalari yordamida armatura tekislanadi va yuzasi tozalanadi. Armatura kontakt 5 ga yetganda (kontakt 5 o‘rnatilishi armatura uzunligini belgilaydi) pichoqlar 4 harakatga keladi va armatura kesiladi. Bu dastgohlarda armatura tezligi 0,5 m/s, armatura diametri 5-16 mm ni tashkil etadi.
Kesish paytida armatura to‘xtab, tortuvchi roliklar 3 yuzasiga ishqalanishi natijasida ularning tezda ishdan chiqishi bu dastgohlarning kamchiligidir.
12.5 b) – rasmda uzluksiz ishlovchi dastgoh sxemasi keltirilgan.
Bu dastgohda armatura tekislash barabani 2 ichidan o‘tish jarayonida tekislanadi va yuzasi tozalanadi, kesish esa diskali pichoqlar 4 yordamida amalga oshiriladi.






Download 101,09 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Armatura po‘latlarini tozalovchi va tekislovchi dastgohlar tuzilishi, ishlashi va hisoblash asoslari

Download 101,09 Mb.