• 11.2. Davriy ishlovchi gips pishirish qozonining tuzilishi va ishlash asoslari
  • 11.3. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni tuzilishi va ishlash asoslari
  • -rasm. Gipsni gips pishirish qozonida ishlab chiqarish texnologik sxemasining soddalashtirilgan varianti




    Download 101,09 Mb.
    bet47/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    11.4-rasm. Gipsni gips pishirish qozonida ishlab chiqarish texnologik sxemasining soddalashtirilgan varianti
    1-tutunso‘rgich; 2 – elektrofiltr; 3, 16, 17- shiberlar; 4, 5 –kollek-torlar; 6 – ventilator ; 7 – siklon; 8, 11, 23, 24 – bunkerlar; 9, 20 - quvurlar; 10- lentali konveyer; 22, 26-ta’minlagichlar; 12 – miqdorlagich ; 13 – shaxtali tegirmon; 15 – gips pishirish qozoni; 18 – chang uzatgich; 19-bug‘ uzatgich; 21- patrubka ; 25, 27 – chang to‘plovchi aerotarnovlar.

    11.2. Davriy ishlovchi gips pishirish qozonining tuzilishi va ishlash asoslari


    Davriy ishlovchi gips pishirish qozoni silindrik tana 1 va sferasimon tub 2 dan tashkil topgan (11.5-rasm). Issiqlik almashish yuzasini oshirish maqsadida ichida 4 dona issiqlik quvurlari 12 joylashtirilgan.



    11.5-rasm. Davriy ishlaydigan gips pishirish qozoni sxemasi
    Xom ashyo qozon ichida val 14 ga mahkamlangan aralashtirgich 3 yordamida uzluksiz aralashtiriladi. Aralashtirgich elektromotor 11, reduktor 10 va konussimon tishli uzatma orqali harakatga keltiriladi. Gips toshi qozonga yuritmalar 7 va 9 bilan jihozlangan ikkita shnek 5 yordamida yuklanadi. Hosil bo‘ladigan bug‘ quvurlar 4 va 6 orqali qozondan chiqariladi. Tayyor mahsulot shiber 2 bilan jihozlangan quvur orqali tushiriladi. Qozon tanasi 1 qobiq 13 bilan qoplangan bo‘lib, tana va qobiq orasida isitish gazlari harakat qiladi.
    Davriy ishlovchi gips pishirish qozonlarining hajmi 2,5 ÷ 15 m3 ni, gips pishirish harorati 120-140 0S ni va pishirish davomiyligi 60-120 minutni tashkil etadi.


    11.3. Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni tuzilishi va ishlash asoslari


    Uzluksiz ishlovchi gips pishirish qozoni silindrik tana 1 va sferasimon tub 8 dan tashkil topgan (11.6-rasm). Qozon asosan tubi va silindrik tana orqali isitiladi. Qozon ichida o‘rnatilgan quvur shnek 11 uchun tana bo‘lib xizmat qiladi va o‘z navbatida u qobiq 10 bilan jihozlangan. Pishirish jarayonida gips vertikal val 7 ning pastki uchida mahkamlangan 4 ta kurakchalar 9 yordamida aralashtiriladi. Val 7 ichi bo‘sh val 2 o‘rtasidan o‘tadi va unga shnek 11 mahkamlangan. Val 7 elektromotor 6, reduktor 5 va konussimon tishli uzatma orqali, shnek 11 esa elektromotor 3, reduktor va konussimon tishli uzatma orqali harakatga keltiriladilar.
    Xom ashyo qozonga pastki qismidan shnekli ta’minlagich yordamida kiritiladi va aralashtirgichning kurakchalari 9 yordamida qozonning o‘rta qismiga suriladi. U yerdan xom ashyo shnek ichiga kiradi va pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi, ya’ni qozon ichida sirkulyatsion harakat vujudga keladi.



    Download 101,09 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Gipsni gips pishirish qozonida ishlab chiqarish texnologik sxemasining soddalashtirilgan varianti

    Download 101,09 Mb.