• Ko‘rsatkichlar U n u m d o r l i g i , t / sut 200
  • -rasm. Uch shlyuzali to‘sqich




    Download 101,09 Mb.
    bet44/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    10.7-rasm. Uch shlyuzali to‘sqich
    1-tarnov, 2-shiber, 3-tirsak, 4-o‘q, 5-tortkichlar, 6-kamera, 7-kamera bo‘yinlari, 8-klapan o‘qi, 9,11,13-klapanlar, 10,12,14-pasangilar, 15-reduktor, 16-elektromotor, 17-rama.


    10.3. «Qaynayotgan qatlam» usulida ishlovchi pechlar tuzilishi va ishlash asoslari


    Ohak ishlab chiqarishning istiqbolli usullaridan biri «qaynayotgan qatlam» usuli bo‘lib, unda qo‘llaniladigan zamonaviy pechning 4 ta texnologik zonalari mavjud (ikkita qizdirish, kuydirish va sovitish). Bunday pechlar sutkasiga 300 ÷ 1000 tonna ohak ishlab chiqarish quvvatiga ega. (10.8-rasm).
    Pechlarning texnik tavsifi 10.1-jadvalda keltirilgan.
    Ohaktosh pechga tarnov 9 orqali uzatiladi va panjara 11 ustida mavhum («qaynayotgan qatlam») shaklida chapdan o‘ngga harakatlanadi, 12 moslama orqali panjara 13 ga tushadi va u yerda o‘ngdan chapga qarab harakatlanadi, so‘ng moslama 5 orqali panjara 15 ga tushadi va chapdan o‘ngga qarab yuradi; nihoyat moslama 17 orqali sovitish zonasiga tushadi va u yerda yoqilg‘i yonishiga yordam tariqasida yuborilayotgan havo bilan sovitiladi.
    Yoqilg‘i sifatida berilayotgan tabiiy gaz moslama 16 da yonadi va hosil bo‘lgan gazlar dastlab qatlam 3 dan o‘tadi. So‘ng gazlar issiq siklon 14 yordamida changdan tozalanadi va ketma-ket qatlamlar 7 va 8 lardan o‘tadi va quvur 10 orqali pechdan chiqariladi.
    Issiq siklon 14 da ushlangan ohak shnek 18 yordamida lentali konveyer 19 ga tushiriladi. O‘sha yerga sovitish zonasi 1 dan tarnov 20 orqali tayyor mahsulot ham tushadi.
    10.1-jadval.
    «Qaynayotgan qatlam» pechlari tavsifi

    Ko‘rsatkichlar

    U n u m d o r l i g i , t / sut

    200

    400

    1000

    Kuydirish zonasida
    shaxta diametri, m

    2,75

    3,93

    4,554

    Shaxta balandligi, m

    4,0

    11,3

    7,7

    Pechning foydali hajmi, m3

    62

    242

    285

    Yoqilg‘ining nisbiy sarfi, kg/t

    183,5

    170

    185,6

    Xom ashyo

    Ohaktosh

    Dolomit

    Ohaktosh

    Parchalar o‘lchami, mm

    3...12

    2,5...10

    12...25

    Nisbiy unumdorligi t/m2 sutka

    24,2

    33,3

    83

    Xom ashyo nisbiy sarfi, kg/kg

    2.1

    2.04

    2.00

    Chiqayotgan gazlar harorati, oS

    470

    400

    450

    Tushirilayotgan ohak harorati, oS:

    800

    120

    102

    Pechning shaxtasi issiqbardosh g‘ishtlardan va metall qobiqdan yasalgan. Ular orasidagi bo‘shlik issiqdan izolyatsiyalovchi materiallar bilan to‘ldirilgan. Pechning barcha zonalari 345 mm qalinlikdagi shamot va 230 mm qalinlikdagi ShLB-1,3 markali yengil g‘ishtlar bilan qoplangan.






    Download 101,09 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




    Download 101,09 Mb.