• 10.3 - rasm. Shaxtali pechning bo‘shatish qurilmasi
  • rasm Yuklash mexanizmi sxemasi




    Download 101,09 Mb.
    bet42/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    10.1 rasm Yuklash mexanizmi sxemasi
    1 – korpus; 2 – xom ashyoni dastlabki qabul qilish voronkasi; 3 - xom ashyoni qabul qilib atrofga sochib beradigan moslama(konus); 4 – ostki qirqilgan konussimon qobiq; 5 – pastki klapan; 6 – tayanch rama;
    Ro - ohak massasining inersiya radiusi
    Ro = ( Ig/G , (10.4)
    bu yerda: I - yuklangan materialning chasha aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti;
    g - og‘irlik kuchining tezlanishi (g=9,81 m/s2);

    N2 = Wkv, (10.5)


    bu yerda: Wk - chashaning aylanishiga u joylashgan yo‘naltirgichning ko‘rsatadigan qarshiligi, N;


    v - chashaning harakatlanish tezligi, m/s.
    W = P ( /Dg + 2 1/Dg ) , (10.6)
    bu yerda: R – yo‘naltirgichga katok(g‘ildirak)lar bosimining massasiga teng bo‘lgan yig‘ilgan kuch, n;
    d - sapfaning diametri, m;
    -sapfalarda dumalanish ishqalanishning keltirilgan koeffitsienti ( = 0,003);
    1 - yo‘naltirgichlar bo‘yicha chayqalish ishqalanishining koeffitsienti;
    Dg - g‘ildirakcha diametri, m.

    10.2. Shaxtali pechning bo‘shatish qurilmasi tuzilishi va hisoblash asoslari


    Shaxtali pech bo‘shatish qurilmasining tuzilmalaridan biri 10.3 -rasmda ko‘rsatilgan.
    Qurilma vertikal val 2 ga mahkamlangan aylanadigan disk 7 shlyuzali to‘sqich 6 va disk yuritmasidan iborat.
    Vertikal val reduktor 11 chervyakli uzatma va elektromotor yordamida aylantiriladi.

    10.3 - rasm. Shaxtali pechning bo‘shatish qurilmasi

    Disk yuzasida mavjud bo‘lgan tishlar ohak parchalarini diskdagi teshiklarga yo‘naltiradi, ular pastga tushib ketadi va shlyuzali to‘sqichga keladi. Diskning aylanish tezligi 0,5-1,5 ayl/soat ni tashkil etadi.


    Diskni aylantirish uchun sarflanayotgan quvvat quyidagicha aniqlanadi.
    Disk yuzasidagi elementar uzukka ta’sir etayotgan bosim:
    dP = r2πrdr (10.7)

    Uzukdagi elementar ishqalanish kuchi dT:


    dT = dR· f = p f 2 π r dr (10.8)

    bu yerda r – diskga nisbiy bosim, Pa;


    f – ohakning tishlarga ishqalanish koeffitsienti.
    U holda elementar ishqalanish momenti:
    dM = dT r k = 2πrfkr2 dr (10.9)

    k- perforatsiya koeffitsienti (k = 0,35-0,4 ).


    O dan R gacha integrallaganda:
    M = 2/3 π r f k R3 (10.10)

    Nihoyat, diskni aylantirish uchun sarflanayotgan quvvat:


    N = M ω / η = 2/3 π r f k R3 ω / η, (10.11)

    Tishli o‘qlovlar yemirilganda almashtirish mumkin bo‘ladigan qilib seksiya shaklida o‘rnatiladi. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda 0 – 0.135 ayl/min chastota bilan aylanib turadi.


    Payvandlangan rama 7 da tayanch katoklar 6 yordamida ilgarilama-qaytma harakatlanuvchi kolosnikli panjara 8 o‘rnatilgan. Kolosniklar 8 qiya joylashgan bo‘lib o‘rta qismidan chekkalari tomon ponasimon shaklga ega, shuning uchun ular orasidagi masofa kengayib boradi. Katoklarga tayanch sifatida relsli balkalar xizmat qiladi. Pechning o‘qi bo‘yicha panjara ustida balka kesuvchi 2 o‘rnatilgan. Bu balka material ustuni bosimining talaygina qismini o‘ziga qabul qiladi va materialni ikkala tomonga teng taqsimlashga xizmat qiladi. Mexanizmning ilgarilama-qaytma harakati natijasida materialning mayda bo‘laklari kolosniklar orasidagi teshiklardan pastga tushadi, materialning katta parchalari esa panjaraning chekkalaridan galma-gal bunker 5 ga va o‘tish tarnovi va shlyuzali to‘sqich 1 orqali konveyerga tushiriladi. Panjaraning yo‘li 0…150 mm miqdorida belgilanadi.





    Download 101,09 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




    Download 101,09 Mb.