Ohak ishlab chiqarishning texnologik sxemalari va ohak kuydiruvchi pechlar




Download 101,09 Mb.
bet39/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

9.2. Ohak ishlab chiqarishning texnologik sxemalari va ohak kuydiruvchi pechlar


Ohak ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida turli karbonatli jinslar: ohaktosh, bo‘r, mergel ishlatiladi. Ohakni sanoat miqyosida yetishtirish quyidagi texnologik jarayonlardan tashkil topadi:
Tabiiy ohaktoshni qazib olish va transport vositalari yordamida zavodga olib kelish (bu jarayonlarni bajarishda tog‘ massivini portlatish va hosil bo‘lgan parchalarni turli ekskavatorlar yordamida avtomobil, temir yo‘l va boshqa turdagi transport vositalarga yuklash va ular yordamida xom-ashyoni olib kelish kabilar kiradi).
Xom-ashyoni maydalash va saralash jarayonlari (bunda turli maydalagichlar yordamida ohaktoshning parchalari maydalanadi, elak va g‘alvirlar yordamida sinflarga ajratiladi).
Xom-ashyoni kuydirish va tayyor mahsulotni sovitish.
Tayyor ohakni omborlash va iste’molchilarga berish (sotish).
Yuqorida sanab o‘tilgan texnologik jarayonlardan bizni ayniqsa qiziqtiradigani va katta ahamiyatga ega bo‘lgani bu ohaktoshni kuydirish jarayonlari (qolgan texnologik jarayonlar batafsil «Sanoat ishlab chiqarish asoslari va korxonalarning jihozlari» fanida o‘tiladi).

9.1 – rasm. Shaxtali pechda ohak pishirish sxemasi.
1 – xom ashyo ombori; 2 – maydalash mashinasi; 3 – saralash mashinasi; 4,12 – temir yo‘l shaxobchasi; 5 – yoqilg‘i ombori; 6 – xom ashyo oraliq ombori; 7 – bunker; 8 – yuklash qurilmasi; 9 – skipli ko‘targich; 10 – shaxtali pech; 11 – transportyor; 13 – silosli ombor; 14 – avto yo‘lak;

Ohakni kuydirish quyidagi sanoat pechlarida amalga oshiriladi:


shaxtali pechlarda (bu pechlarda kuydirish uchun ohaktosh parchalarining o‘lchamlari 60 – 110 mm ni tashkil etishi kerak);
Aylanuvchi pechlarda (bu pechlarda kuydirish uchun ohaktosh parchalarining o‘lchamlari 20 – 50 mm ni tashkil etishi kerak.
Ohak kuydirish uchun ichida yakka tartibda o‘rnatilgan issiqlik almashtirgichlar va rekuperator sovitkichlar bilan jihozlangan Aylanuvchi pechlar qo‘llanadi);
mavhum (qaynayotgan) qatlam usulida ishlaydigan pechlar (bu pechlarda kuydirish uchun ohaktosh parchalarining o‘lchamlari 3 – 20 mm ni tashkil etishi kerak).
Ishlab chiqarilayotgan ohakning 80 % shaxtali va Aylanuvchi pechlarda olinadi.

Download 101,09 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ohak ishlab chiqarishning texnologik sxemalari va ohak kuydiruvchi pechlar

Download 101,09 Mb.