Vegetativ asab tizimi




Download 300.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.04.2024
Hajmi300.47 Kb.
#186808
Bog'liq
9-amaliy mashg\'ulot
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5


VEGETATIV ASAB TIZIMI 
 
Vegetativ asab tizimi - markaziy va periferik asab hujayra tuzilmalari 
majmuidan iborat bo‘lib, ular barcha tizimlarning adekvat reaksiyasi uchun 
zarur bo‘lgan organizmning ichki hayoti funksional darajasini boshqaradi. 
Yuksak umurtqali hayvonlar vegetativ asab tizimi anatomik jihatdan orqa va 
bosh miyada yotuvchi yadroli hosilalar, asab gangliyalari va asab tolalari bilan 
namoyon bo‘ladi.
Vegetativ asab tizimi simpatik, parasimpatik va metasimpatik qismlarga 
bo‘linadi. Ushbu qismlarga bo‘lish ma’lum bir funksiional va tarkibiy asosga 
ega. O‘z navbatida, ushbu qismlarning har birida yagona prinsipning parallel 
joylashgan apparatning mavjudligi vegetativ asab tizimi qismlarini 
rivojlanishini ehtimol parallel bo‘lganligini ko‘rsatadi. Evolyusiya jarayonida, 
ushbu apparatda, har bir qism uchun o‘ziga xos bo‘lgan, lekin yagona asab 
tizimidan rivojlangan maxsus xususiyatlar ishlab chiqilgan. Metasimpatik 
qismda sensor apparat hosil bo‘lishi kuzatilgan, ritmni shaxsiy boshqaruvchisi, 
interneyronli qayta ishlovchi tarmoq va shaxsiy mediatorli ta’minotga ega 
effektorli neyron paydo bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, ijrochi a’zolarning 
devorlarida joylashgan tuban reflektor markazlar paydo bo‘lgan. Simpatik va 
parasimpatik qismlarda orqa miya va shaxsiy markazlarning orqa va bosh miya 
yadrolari, hamda yuksak markaz - gipotalamik bo‘lim ishtirokida yoylar paydo 
bo‘lgan. 
Sut emizuvchi hayvonlarda vegetativ asab tizimi hujayralarining 
embrional manbai bo‘lib ganglionar plastinka xizmat qiladi va ular, oqibat 
natijada simpatik va parasimpatik asab tizimlarini beruvchi somitlarga 
bo‘linadi. Ularning periferik qismi, hamda metasimpatik
asab tizimi, neyroblastlarni ichki a’zolar devorlariga keyinchalik migratsiyasi 
natijasida hosil bo‘ladi. 
Vegetativ asab tizimi somatik asab tizimidan ajratib turuvchi asosiy 
belgisi, uni odam idrokiga bo‘ysinmasligidir. Somatik asab tizimi organizmni 
tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta’minlasa, Vegetativ asab 
tizimining asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdan iborat. 
Simpatik asab tizimi tuzilishi bo‘yicha markaziy (orqa miyada 
joylashgan) va periferik (ko‘p sonli shoxlar va tugunchalarni o‘z ichiga olgan) 
qismlardan iborat. Uning markaziy qismi bo‘lib, orqa miya kulrang 
moddasining yon shoxlarida joylashgan simpatik yadro hisob-lanadi. Bu 


yadro birinchi ko‘krak segmentidan boshlanib, bel segment-larigacha tushadi 
va vegetativ asab tizimining torako-lyumbal bo‘limini tashkil qiladi. Simpatik 
tolalar bu markazdan tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlari 
orqali orqa miya neyronlarining o‘simtalari bilan birga chiqadi. Simpatik yadro 
ancha kichik multipolyar hujayralardan tuzilgan, bu neyronlarning dendritlari 
orqa miyaning o‘zida tarqaladi. Preganglionar tolalar deb ataladigan ingichka 
mielinli aksonlar orqa miyadan chiqib, umurtqaoldi (paravertibral) yoki 
umurtqadan oldingi (prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan 
qo‘zg’alishni o‘tish tezligi 20 ms dan oshmaydi.
Parasimpatik asab tizimining markaziy tuzilmalari o‘rta, uzunchoq va 
orqa miyalarda joylashgan. O‘rta miya (mezensefal) qismining yadrosi Silviy 
suv o‘tkazgich tubida bo‘lib, ko‘z mushaklariga, so‘lak va ko‘z yoshi bezlariga 
uch juft bosh asablar tarkibida preganglionar tolalar yo‘llaydi. Bu tolalar 
ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz va til-xalqum asablar tarkibida kipriksimon, 
quloq, til osti va tanglay tugunla- riga yetib keladi va ganglionar keti 
neyronlarning tana va dendrit-larida sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi 
(Bulbar) markazdan chiqqan ganglionar oldi tolalar bo‘yin, ko‘krak va qorin 
bo‘shliqlari-dagi a’zolarga sayyor asab tarkibida o‘tadi. Parasimpatik asab 
tizimi-ning dum\aza bo‘limi orqa miyaning uch dum\aza segmenti yon 
shoxlarida joylashgan. Bu yerdan, tolalar chanoq asabi tarkibida chanoq 
a’zolariga yo‘l oladi. 


Metasimpatik tizim faqat o‘zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ichki 
a’zolarni innervatsiyalaydi; ularning harakat qilish, so‘rish, shira ajratish 
faoliyatlarini nazorat qiladi, mahalliy qon aylanishiga va endokrin unsurlar 
faoliyatiga ta’sir qiladi; 2) metasimpatik tizim simpatik va parasimpatik 
tizimlar bilan sinapslar orqali bo’langan, ammo somatik asab tizimiga bevosita 
aloqasi yo‘q; 3) umumiy ichki afferent yo‘llaridan tashqari, o‘zining sensor 
qismi bor; 4) asab tizimining boshqa qismlari bilan qarama - qarshi 
munosabatda emas; 5) Markaziy asab tizimidan muxtorlik darajasi simpatik 
va parasimpatik asab tizimlarinikiga nisbatan yuqori; 6) metasimpatik asab 
tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‘xtatish a’zolarning ritmik 
harakat qilish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi; 7) metasimpatik asab 
tizimi o‘z mediatorlariga ega. 

Download 300.47 Kb.




Download 300.47 Kb.
Pdf ko'rish