|
-rasm. Purkagichni sozlashda foydalaniladigan nomogramma
|
bet | 2/3 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 383,51 Kb. | | #138561 |
Bog'liq Документ Microsoft Word112-rasm. Purkagichni sozlashda foydalaniladigan nomogramma:
a- Ishchi suyuqlikning zaruriy miqdorini aniqlash, b- Ishchi suyuqlik sarfini uchlik turlariga bog’liqligi.
2.2. Purkash qurilmasini tebranma harakatga va ventilyatorni ishga tushiradigan yuritma ishchi holatdan chiqarilib, hamma uchliklar polietilen plyonka bilan oʻraladi va uning ichiga purkalgan suyuqlikni toʻplash uchun uning etagi maxsus idish (chelak) ga solinadi.
2.3. Purkagich rezervuaridagi suyuqlik sathi belgilab qoʻyiladi va u yerga miqdori aniq oʻlchangan (5...10 l) hajmdagi suyuqlik qoʻshimcha quyiladi, eritmaning oʻzgargan sathi belgilanadi.
2.4. Qoʻzgʻalmasdan joyida turgan purkagichning purkash qurilmasiga R bosimi ostida suyuqlik yuborilib, rezervuardagi eritma sathi avvalgi belgigacha tushganda, toʻxtatiladi. Sekundomer bilan ushbu ish necha minut (ti min) davom etgani oʻlchanadi. ti vaqt, ni taʼminlash uchun sarflanishi lozim boʻlgan vaqt
bilan solishtiriladi. Agar ti bilan t ning farqi ±10% dan ortiq boʻlsa, tajriba yangi rejimda takrorlanadi.
Har bir talaba agronom belgilagan eritma miqdorini purkashga purkagichni sozlash jarayonining bosqichlarini oʻqituvchi bergan topshiriqqa binoan bajarishda toʻliq ishtirok etadi.
Talaba hisobotida purkagichning belgilangan meʼyordagi eritmani purkash uchun sozlash tartibini kerakli hisoblar bilan izohlab yozadi. Ish boʻyicha xulosalar keltiradi.
Talabalarni testlash uchun namunaviy savollar
Agregatning ekinzorga ishlov berishdagi qamrov kengligi qanday omillarga bogʻliq?
Qanday maqsadda rezervuar ichiga gidroaralashtirgich oʻrnatiladi?
Qanday maqsadda kimyoviy modda eritmasini ekinzorga maydaroq zarrachalarga parchalab purkash maʼqul hisoblanadi?
Nima sababdan pnevmodiskli purkash qurilmasiga oʻrnatiladigan uchliklar oltita variantda joylashtirilishi koʻzda tutilgan?
Purkagichni sozlashda nima uchun agregatning ishchi tezligi eʼtiborga olinadi?
Nima sababdan issiq havo va kuchli shamol esib turgan vaqtda eritmani purkash tavsiya qilinmaydi?
|
| |