• E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Vertalyot




    Download 17.14 Mb.
    Sana29.04.2023
    Hajmi17.14 Mb.
    #54972
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
    fizika-fanidan-maruzalar-matni, 5-ma\'ruza. Hosila tushunchasi, Kosmik tezlik va Suniy yo\'ldoshlar, 2-Grafik ish. AXMADJONOVA. S, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq, O\'quv materiali mazmuni, moliya hiosb asoslari, 1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri-fayllar.org, operatsion tizim 1, 659cc884da2a9, Database Principles and Use, MEDIA BILAN BOG, KOMILJONOV YAHYOBEK ALISHERIVICH, Doc1

    Vertolyotlar

    Trkshirdi: JUMAKULOV A. K

    Bajardi: Tuychiyeva .I

    Toshkentga olib kelingan yangi vertolyotlar va maxsus parvoz


    O‘zbekistonga oktabr oyida komfort nuqtayi nazaridan yanada yuqoriroq bo‘lgan ikkita vertolyot olib kelinadi. Bu haqda 31-iyul kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasida H-125 vertolyotining taqdimot marosimida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
    Uzbekistan Helicopters korxonasining samolyot-ta’mirlash ustaxonasida fuqarolik aviatsiyasi xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan, Airbus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikkita H-125 vertolyotining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

    Ma’lumot uchun, Airbus Helicopters H-125 yengil dvigatelli vertolyot (sobiq Eurocopter AS350 B3) FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. Vertolyot yuqori baland tog‘ va issiq iqlim sharoitlarda eksplutatsiya qilishga moslashgan va tashqi ilgakka osgan holda 1 ming 400 kilogrammgacha bo‘lgan yukni olib keta oladi. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.

    • Ma’lumot uchun, Airbus Helicopters H-125 yengil dvigatelli vertolyot (sobiq Eurocopter AS350 B3) FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. Vertolyot yuqori baland tog‘ va issiq iqlim sharoitlarda eksplutatsiya qilishga moslashgan va tashqi ilgakka osgan holda 1 ming 400 kilogrammgacha bo‘lgan yukni olib keta oladi. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.

    H-125 vertolyoti to‘la yuk bilan 7 ming metrgacha ko‘tarila oladi. Vertolyotning birinchi parvozi (Eurocopter AS350) 1997-yilda bo‘lib o‘tgan va shundan buyon doimiy ravishda takomillashtirib kelinadi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu modelning asosiy afzalliklari – qulaylik, tizimli mustahkamlik va bort uskunasining ishonchliligida. Aviatransport soatiga 287 kilometrgacha tezlikka erishib, 650 kilometrgacha parvoz qilish imkoniyatiga ega.

    Taqdimot marosimidan so‘ng OAV vakillari hamda blogerlar 2 ta Mi-8МTV vertolyotlarida Toshkent—Beldirsoy—Amirsoy—Chimyon yo‘nalishida maxsus tanishuv parvozini amalga oshirishdi. Quyida ushbu parvoz davomida kadrlarga muhrlangan manzaralarni tomosha qilish mumkin


    Uchish mashqlari ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqich kunduzgi uchish mashqlari bo‘lib, Toshkent viloyati, G‘azalkent tumani va tog‘li hududlarda uchuvchilarning professionallik darajasi sinovdan o‘tkazildi. Ikkinchi bosqich tungi vaqtda o‘tkazildi. Unda vertolyot uchuvchilari o‘zlariga topshirilgan qiyin mashqlarni bajarishdi. Ya'ni, tun bo‘lishiga qaramay kerakli yukni belgilangan manzillarga yetkazib, uchish va qo‘nish malakalarini yanada mustahkamladi. Tajribali uchuvchi ofitserlar tarkibi yosh uchuvchilarga mashg‘ulotlar davomida o‘z tajribalarini ulashishdi. Ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turishdi.
    Vertolyotlar Fransiyadan keltirilgan, bo‘lib zamonaviy turlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston harbiy havo kuchlarida AS 550 va AS 332 rusumli vertolyotlarni uchratish mumkin. Bu turdagi vertolyotlar hozirda Eurocopter (Yevrokopter) yoki Airbus (Eyrbas) vertolyotlari deb ataladi. AS vertolyotlari 1974 yil iyun oyida Fransiyada birinchi bor namoyish qilingan. Yagona turbo motorga ega AS vertolyotlar bizning harbiy havo kuchlarda, asosan, transport va dushmanning aniqlangan hududlariga zarba beradigan texnika vazifalarini bajaradi.
    Bugungi kunda AS modeldagi vertolyotlar dunyoning 30dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi. Ushbu vertolyotlar soatiga 250-280 km masofani bosib o‘ta oladi. Maksimal uchish uzoqligi to‘ldirilgan yonilg‘i baklari bilan 660 km. 1,1 tonnadan ortiq vaznga ega. 2 tonnagacha yuk olishi mumkin. Vertolyotning uzunligi 11 metrga yaqin. Boshqarishga juda qulay. AS vertolyotlarining Fennek va Puma turlari haqiqiy harbiy salohiyatga ega jangovar vertolyotlar sirasiga kiradi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

    Download 17.14 Mb.




    Download 17.14 Mb.