• Ikkinchidan
  • Vi. Mehnat muhofazasi qismi VII




    Download 0,56 Mb.
    bet13/16
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #233131
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    xursand

    Birinchidan, ko’pchilik foydalanuvchilar sodda va tez esga tushadigan parollarni qo’llaydilar. Masalan, foydalanuvchi o’z shaxsiga oid sanalar, nomlardan kelib chiqqan holda parol qo’yadilar. Bunday parollarni buzish esa, foydalanuvchi bilan tanish bo’lgan ixtiyoriy shaxs uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
    Ikkinchidan, foydalanuvchi parolni kiritishi jarayonida, kuzatish orqali ham kiritilayotgan belgilarni ilg’ab olish mumkin.
    Uchinchidan, agar foydalanuvchi parol qo’yishda murakkab, uzundan-uzoq belgilardan foydalanadigan bo’lsa, uning o’zi ham ushbu parolni esidan chiqarib qo’yishi extimoldan holi emas. Va nihoyat, hozirda ixtiyoriy parollarni buzuvchi dasturlarning mavjudligi ko’zga tashlanib qoldi. Yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, axborotni himoyalashning parolli printsipidan foydalanish to’la samara bermayapti. Shu sababli ham hozirda axborotlardan ruxsatsiz foydalanishni cheklashning biometrik usullarini qo’llash dunyo bo’yicha ommaviylashib bormoqda va ushbu yo’nalish biometriya nomi bilan yuritilmoqda.
    Biometriya – bu insonning o’zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan o’xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli himoya vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob'ektlarda, muhim tijorat axborotlarini himoyalashda samarali qo’llanilmoqda.
    Hozirda biometrik texnologiyalar insonning quyidagi o’zgarmas biologik belgilariga asoslangan: barmoqning papillyar chiziqlari, qo’l kaftining tuzilishi, ko’zning kamalak qobig’i chiziqlari, ovoz parametrlari, yuz tuzilishi, yuz termogrammasi (qon tomirlarining joylashishi), yozish formasi va usuli, genetik kodi fragmentlari. Insonning ushbu biologik belgilaridan foydalanish turli xil aniqliklarga erishishga imkon beradi. Biz ushbu maqolada hozirda keng qo’llanilayotgan barmoq izlari va qo’l kaftining tuzilishi bo’yicha insonni tanish masalalariga to’xtalib o’tishni lozim topdik.
    “Barmoq izlari buyicha insonni idetifikatsiyalash” hozirda eng keng tarqalgan usul bo’lib, axborotni himoyalash biometrik tizimlarida keng qo’llanilmoqda. Bu usul o’tgan asrlarda ham keng qo’llanilganligi xech kimga yangilik emas. Hozirgi kunga kelib barmoq izlari bo’yicha identifikatsiyalashning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Ularning birinchisi ko’pchilikka ma'lum optik skanerlardan foydalanishdir. Ushbu qurilmadan foydalanish printsipi odatiy skanerdan foydalanish bilan bir xil. Bu erda asosiy ishni ichki nur manbai, bir nechta prizma va linzalar amalga oshiradi. Optik skanerlarni qo’llashning e'tiborli tomoni uning arzonligidir. Lekin, kamchilik tomonlari bir muncha ko’p. Ushbu qurilmalar tez ishdan chiquvchi hisoblanadi. Shu sababli foydalanuvchidan avaylab ishlatish talab etiladi. Ushbu qurilmaga tushgan chang, turli xil chiziqlar shaxsni aniqlashda xatolikka olib keladi, ya'ni foydalanuvchining tizimga kirishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, optik skanerda tasviri olingan barmoq izi foydalanuvchi terisining holatiga bog’liq. Ya'ni, foydalanuvchi terisining yog’liligi yoki quruqligi shaxsni aniqlashga xalaqit beradi.
    Barmoq izlari bo’yicha identifikatsiyalashning ikkinchi texnologiyasi elektron skanerlarni qo’llashdir. Ushbu qurilmadan foydalanish uchun foydalanuvchi 90 ming kondensator plastinkalaridan tashkil topgan, kremniy moddasi bilan qoplangan mahsus plastinkaga barmog’ini qo’yadi. Bunda o’ziga xos kondensator hosil qilinadi. Kondensator ichidagi elektr maydon potentsiali plastinkalar orasidagi masofaga bog’liq. Ushbu maydon kartasi barmoqning papillyar chizmasini takrorlaydi. Elektron maydon hisoblanadi, olingan ma'lumotlar esa, katta aniqlikka ega sakkiz bitli rastrli tasvirga aylantiriladi.

    Download 0,56 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,56 Mb.