|
Vi. Mehnat muhofazasi qismi VII
|
bet | 15/16 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #233131 |
Bog'liq xursandUchinchi qoida: Antivirus o`rnatilgan bo`lishi kerak.
Internet kerakli va keraksiz ma`lumot, o`z navbatida esa zararli dastur va viruslar bilan to`lib borayotgani sabab, foydalanuvchilarda komp`yuterni himoya qilish zarurat to`g`iladi. Bunday ma`lumotlarni ko`pchilikda o`qib o`tirish uchun vaqt yo`q, shu sabab, bunday holatlardan himoyalanish uchun, komp`yuterda “antivirus” dasturi o`rnatilgan bo`lishi shart. Eslatib o`tamiz, “antivirus” faqatgina bir qism muammoni hal etish mumkin, agar siz to`qtovsiz tarzda xavfli internet saxifalarga tashrif buyurishni davom etsangiz, xech qaysi bir “antivirus” sizning komp`yuteringizni himoya qilaolmaydi.
To`rtinchi qoida: Dasturlarni to`g`ri o`rnatish.
Dasturlarni va o`yinlarni to`g`ri o`rnatishni o`rganing. Ya`ni, ularni kerakli joyga o`rnating. “Windows” dasturi foydalanuvchiga dastur va o`yinlarni istalgan joyga o`rnatish imkonini beradi, lekin shunday tartib borki, unga amal qilsangiz, komp`yuteringizni tezda ishdan chiqishidan saqlaysiz. Dasturlar S: diskda “Program Files” papkasiga o`rnatiladi. Xar bir dastur uchun alohida papka yaratiladi. Xuddi shu narsa o`yinlargayam tegishla, lekin ular D: diskda “Igri” yoki “Games” papkalariga o`rnatiladi. Xar bir o`yin uchun shu o`yin nomi bilan alohida papka yaratilib, shu papka ichiga o`rnatilish tavsiya etiladi.
Beshinchi qoida: Fayllar tartibi.
O`zingizni komp`yuterda tartib olib borishga o`rgating. Kerakli bo`lgan ma`lumotlaringiz uchun D: yoki (S: diskdan tashqari) boshqa disk bo`limlarida papkalar yaratib, shu papkalar ichida saqlang. Sababi S: disk – bu tizim diski hisoblanadi, agar komp`yuteringiz tizimini yangidan yuklashga to`g`ri kelgan paytda, oldin S: diskni formatlash tavsiya etiladi. S: diskni formatlanganidan keyin esa, unda xech qanday fayl qolmaydi. Agar misol uchun sizda juda katta kino kollektsiyangiz bo`lsa, uni janrlari, yoki yillariga qarab ajratib papkalarga saqlab qo`ying. Bu esa ham sizga, ham komp`yuteringizga foydali.
Shu kabi kerakli bo`lgan qoidalar juda ko`p. O`zingiz ham bu qoidalarga o`zingiznikini qo`shib qo`ishingiz mumkin. Komp`yuterdan to`g`ri foydalanish – hozirda bu barchaning bilish kerak bo`lgan qoidalar qatoriga kiradi.
|
| |