Vi. Mehnat muhofazasi qismi VII




Download 0,56 Mb.
bet7/16
Sana14.05.2024
Hajmi0,56 Mb.
#233131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
xursand

konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;

  • yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;

  • autentifikatsiya — axborot zahirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;

  • apellyatsiya qilishliketarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.

    Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:

    • ishonchlilik — tizim me’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati;

    • aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;

    • tizimga kirishni nazorat qilish turli shaxs guruxlari axborot manbalariga har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;

    • nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini to‘liq tekshirish mumkinligi kafolati;

    • identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;

    • qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan holda o‘zini tutishi.

    Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:

    • axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘girlanishi, yuqotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

    • shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf – xatarning oldini olish;

    • axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, tusiqlash bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;

    • hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning ko‘rinishlarining oldini olish;

    • axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;

    • davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saqlash;

    • axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash.



    Download 0,56 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 0,56 Mb.