|
Viloyati hokimligi xalq ta’lim boshqarmasi xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi
|
bet | 12/19 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 2,53 Mb. | | #270633 |
Bog'liq Maktab metod birlashma hujjatlari 2022-2023Yig’ilish qaror qiladi:
1. Amaliy fanlar metodbirlashmasida 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar “qoniqarli” deb topilsin.
2. O’tgan o’quv yilida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilsin.
3. Amaliy fanlar metodbirlashmasi fan o’qituvchilarining taqvim-mavzu rejalari o’rganib chiqilsin.
4. Har bir to’garak rahbari reja asosida sifatli faoliyat yuritsin.
5. Fan xonalari mudirlari tomonidan xonalar DTS talablari asosida jihozlansin.
6. Fan xonalari va labaratoriya jihozlari saqlanishi xona mudirlari hamda laborantlar zimmasiga yuklatilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarorlari bilan tanishib shu qarorlar asosida darslarni tashkillanishini nazorat qilinsin.
8. Yuqoridagilarni nazorat etish metodbrlashma rahbari A.Vahobov zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: A.Vahobov
Yig’ilish kotibi: X.Fozilova
Rishton tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 34-umumiy o’rta ta’lim maktabi metodbirlashmasining
BAYONNOMASI № ___
“_____” ________ 20 ____ yil _____________________
Yig’ilish raisi: A.Vahobov
Yig’ilish kotibi: X.Fozilova
Yig’ilishda qatnashdi: Metodbirlashma a’zolari
Kun tartibi:
1. “Bilimlar bellashuvi” va “Fan olimpiadasini” maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik.
2. Ustoz-shogird maktabining ustoz o’qituvchilarini taqdimodlari.
3. Yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot.
4. Dars jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
5. Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishish.
Eshitildi:
1-masala yuzasidan metodbirlashma raisi A.Vahobov so’zga chiqdi. U o’z so’zida maktabda “Bilimlar bellashuvi” va “Fan olimpiadalari”ni o’tkazishga tayyorlanishimiz zarurligini aytdi. Buning uchun har bir fan o'qituvchisi iqtidorli o’quvchilarni tanlab muntazam shug’ullanish zarurligini aytdi.
Munozaraga texnologiya fani o’qituvchisi G.Umrzoqova so’zga chiqib yuqoridagilarni ma’qullab 2021-2022 o’quv yilida ham amaliy fanlar metodbirlashmasi o’quvchilar bilan fan to’garaklar hamda qo’shimcha mashg’ulotlarda reja asosida shug’ullanayotganliklarini aytdilar.
2-masala yuzasidan ustoz o’qituvchi O’.Teshaboyev so’zga chiqdi. U o’z so’zida shogirdi A.Inomjonov bilan 2021-2022 o’quv yili uchun taqvimiy mavzu rejasini birgalikda tuzishgan, fan xonalarini DTS talabi asosida jihozlanishiga ko’maklashildi. Amaliy mashg’ulotlarni bajarish tartibi, masalalar yechish qoidalari ma’lumot beriladi.
Muzokaraga metodbirlashma rahbari A.Vahobov so’zga chiqdi. U yuqoridagilarni ma’qullab G.Umrzoqova ustoz o’qituvchi har chorakda shogird bilan ishlaganligi yuzasidan hisobot tayyorlashi kerakligini uqtirdi.
3-masala yuzasidan metodbirlashma raisi A.Vahobov so’zga chiqdi. U o’z so’zida yosh mutaxassislar bilan ustoz-shogird tizimi bo’yicha ishlarni amalga oshirayotganligi haqida hisobot berdi. Uning fikricha A.Inomjonov texnologiya fani o’qituvchisi G.Umrzoqova murabbiy-ustoz qilib belgilangan. Metodik kunlarida amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish hamda turli masalalarni yechishda ko’maklashilmoqda.
Munozaraga musiqa fani o’qituvchisi O’.Teshaboyev chiqib, haqiqatdan ham yosh mutaxassislar darslari tahlil qilinib yangi pedagogik texnologiyalarda, foydalanish kerakligini o’rgatayotganliklarini aytdilar.
4-masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi O’.Teshaboyev so’zga chiqdi. U o’z so’zida bugungi metodbirlashma yig’ilishida “Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusida ma’ruza tayyorlaganligini aytdi (ma’ruza ilova qilinadi).
Munozaraga chizmachilik fani o’qituvchisi X.Fozilova, geografiya fani o’qituvchisi A.Inomjonov chiqib, ma’ruza haqiqatdan ham dars o’tishda muhim o’rin egallaganligini aytdi.
|
| |