• Foydalanilgan adabiyodlar
  • Mavzu: elektr bo'limiga oid mavzularni o'qitishda pedagogik texnologiyalarda foydalanish usullari. Mundarija kirish




    Download 180.81 Kb.
    bet1/13
    Sana11.05.2023
    Hajmi180.81 Kb.
    #58489
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Mavzu elektr bo\'limiga oid mavzularni o\'qitishda pedagogik texn
    Anketa, Qôshoqov Ibod, PF-6275 09.08.2021, salomlashish, Texnologik talim metodikasi, AXBOROT BIRLIGI, Klaviatura a sichqoncha bilan ishlash ko, Reja to’g’ri va egri soliqlar, obyektivka-namuna, ИН.ПЛАН.БПф, Korxona makromuhiti, Shodmonov, 6-Amaliy mashg\'ulot, 14-Mavzu Elektron o’quv adabiyotlari va ularning tasnifi Reja

    MAVZU: ELEKTR BO'LIMIGA OID MAVZULARNI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDA FOYDALANISH USULLARI.
    MUNDARIJA
    Kirish………………………………………………………………………..3
    1.Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati……….........................................................................................................4
    2. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari…………………………….......9
    3. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi mazmun mohiyati………………….......15
    4. Elektr tokining inson organizmiga tasiri o`quv loyihasi…………….....19
    5. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning iqtisodiy jihatlari bo`yicha loyiha topshirig`i………………………………………………………..25
    Xulosa…...………………………………………………………………….33 Foydalanilgan adabiyodlar……………………………………….……...34

    Kirish.
    Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, o`quvghi yoshlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
    O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g’risida’’gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ning maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari barpo etildi.
    Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik bo`yicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.
    Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan bo`lib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san’at yo`nalishlari bo`yicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili o`rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.
    Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko`rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo`yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo`lmoqda.[2]
    Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 2829- sonli qarori 14-mart 2017 yilda qabul qilindi.
    Ushbu qaror akademik litseylarda o`quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda ta’lim berish uchun umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o`zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo`lgan orzu-intilishlariga erishmog’i uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
    bugungi kunda moddiy-texnik va o`quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o`qishga kirish ko`rsatkichlari past bo`lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;
    investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli ro`yxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi o`quv ustaxonalari qurish uchun mablag’lar ajratishga alohida e’tibor qaratiladi;
    kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o`quvchilari o`qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo`nalishi o`xshash bo`lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;
    oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi o`qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to`lash miqdori oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to`lash miqdoriga tenglashtiriladi;
    ta’limning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o`quvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari bilan akademik litseylar o`rtasida o`zaro ta’sirchan hamkorlik mexanizmi yo`lga qo`yiladi.

    Download 180.81 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 180.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: elektr bo'limiga oid mavzularni o'qitishda pedagogik texnologiyalarda foydalanish usullari. Mundarija kirish

    Download 180.81 Kb.