|
Virtual tarmoq texnologiyalari
|
bet | 1/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #258316 |
Bog'liq VTT 5-amaliy ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“VIRTUAL TARMOQ TEXNOLOGIYALARI”
FANI BO‘YICHA
Amaliyot ish-5
MAVZU: CPT 8 VERSIYASINI O‘RNATISH, CPT 8 MUHITIDA SDN KONTROLLERNI O‘RNATISH VA SOZLASHNI O‘RGANISH
Bajardi: Eshmurodov Og’abek 044-19 guruh
Tekshirdi: Xujamatov X
Toshkent 2024
CPT 8 VERSIYASINI O‘RNATISH, CPT 8 MUHITIDA SDN KONTROLLERNI O‘RNATISH VA SOZLASHNI O‘RGANISH
13.1. Ishdan maqsad
CPT 8-versiyasini o‘rnatish, CPT 8 muhitida SDN kontrollerni o‘rnatish va sozlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
13.2. Topshiriq
1) Kompyuteringizga Cisco Packet Tracer dasturini o‘rnating.
2) CPT8 ish oynasiga SDN kontrollerni o‘rnating.
3) Oddiy tarmoqni quring.
4) Kontroller uchun dastlabki sozlashlarni amalga oshiring.
13.3. Qisqa nazariy ma’lumotlar
Cisco Packet Tracer 8. Cisco анонсировали Packet Tracer 8, которая является последней версией с 28 января 2021 года. Cisco Packet Tracer 8 – это инструмент моделирования сети, поддерживаемый Windows, Linux, MacOSX, Android, iOS. Cisco Packet Tracer 8 имеет как 32-разрядную версия, так и 64-разрядную версию для большинства поддерживаемых операционных систем.
Cisco 2021-yil 28-yanvarda so‘nggi versiya bo‘lgan Packet Tracer 8-ni ommaga e’lon qildi. Cisco Packet Tracer 8 - bu Windows, Linux, MacOSX, Android, iOS tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tarmoq simulyatsiyasi vositasi. Cisco Packet Tracer 8 ko‘pgina operatsion tizimlar uchun jumladan 32-bit va 64-bitli versiyalari uchun ham mos keladi.
Cisco Packet Tracer 8 yangi funksiyalari. Cisco Packet Tracer 8 ning asosiy versiyasi ikkita katta yangi funksiyaga ega:
– Kengaytirilgan fizik muhit rejimi;
– Tarmoq kontrolleri.
Kengaytirilgan fizik muhit rejimi. Kabellar tarmoqning muhim qismidir. Kengaytirilgan fizik muhit rejimda kabellar batafsilroq yaratilishi mumkin, masalan, kabelning rangini belgilashning imkoni bor va ularning tuzilishi real kabel tuzilishi bilan mos tushadi. Bundan tashqari, portlarning kabellar orqali aloqasi 13.1-rasmda ko‘rsatilganidek visual jihatdan haqqony ulanishlarga yaqinlashtirilgan, har bir qurilma uchun fizik ulanishlarni aniq belgilash mumkin.
13.1-rasm. Kengaytirilgan fizik muhit rejimda kabellar
Yana bir foydali yangi xususiyat simsiz signallarning qamrov doirasini aniqlashdir. Kengaytirilgan fizik muhit rejimida bino ichida simsiz signallarning qamrovini ko‘rish va signal kuchini rang gradienti orqali aniqlash mumkin. Shuningdek simsiz signalning qamrov diapazonni Dot11Radio interfeysi orqali metrlarda sozlanishi mumkin.
Tarmoq kontrolleri. Tarmoq boshqaruvchisi 127.0.0.1:58000 port orqali kirish mumkin bo‘lgan veb-interfeys orqali markazlashtirilgan qurilmalarni boshqarishni ta’minlaydi. Biz uning ekranida marshrutizatorlar, kommutatorlar, xostlar, ularning sozlik foizi, ishga yaroqlilik koefitsiyenti va boshqalar kabi foydali ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. 13.2-rasmda ko‘rsatilganidek, boshqaruv paneli orqali tarmoq holatini ko‘rish va nosozliklarni tekshirish yoki konfiguratsiya serveri yordamida barcha tarmoq qurilmalaridagi nosozliklarni bartaraf etish buyruqlari va konfiguratsiya sozlamalarini yuborish mumkin.
13.2-rasm. SDN kontroller boshqaruv paneli.
|
| |