|
Visual C++ Forma muxitida bajarilishi kerak bo’lgan topshiriq uchun ko’rsatma
|
bet | 4/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 237,08 Kb. | | #233256 |
Bog'liq Mustaqil ish topshirig'i va bajarishga ko'rsatma 1 (4)Label
Shaklda tahrir qilib bo’lmaydigan statik matnning to’rtburchak sohasini aks ettiradi. Odatda matn boshqa komponenta nomidan iborat bo’ladi.
Nom matni Text xususiyatining qiymatidir. Alignment xususiyati matnni tekislash usulini aniqlaydi. Shrift o’lchami avtomatik tarzda sohaning maksimal to’ldirilishiga mos kelishi uchun, AutoSize xususiyatining true qiymatini o’rnating. Kalta soha ichida matnning hammasini ko’rish imkoniga ega bo’lish uchun, WordWrap xususiyatiga true qiymatini bering. Transparent xususiyatiga true qiymatini o’rnatsangiz, boshqa komponentaning bir qismini to’g’ri uning ustida joylashtirilgan nom orasidan ko’rinib turadigan qilishingiz mumkin.
TextBox
Axborot yakka satrining tahrir qilinayotgan kiritishidagi to’rtburchak sohani shaklda aks ettiradi. Tahrir sohasining ichidagi boshlang’ich narsalarni Text xususiyatining qiymati bo’lgan satr aniqlaydi.
TextBox komponentasi TtextBox sinfining to’g’ridan-to’g’ri hosilasi bo’lib, uning barcha xususiyatlari, metodlari va voqealariga vorislik qiladi.
Button
Yozuvli to’rtburchak tugmani yaratadi. Tugmacha bosilganda, dasturda biror-bir hatti-harakat nomlanadi (initstiallashtiriladi).
Tugmachalar ko’proq dialogli darchalarda qo’llanadi. Default xususiyatining true qiymati tomonidan tanlab olingan yashirin tugmacha, dialog darchasida har gal enter klavishasi bosilganda OnClick voqea qayta ishlatgichini ishga tushiradi. Cancel xususiyatining true qiymati tanlab olgan bekor qilish tugmachasi, dialog darchasida har gal Escape klavishasi bosilganda, OnClick voqea qayta ishlatgichini ishga tushiradi.
1- jadvaldagi topshiriqlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar.
Visual C++ dasturining Windows Application muhitida ishlash:
|
| |