|
Visual C++ Forma muxitida bajarilishi kerak bo’lgan topshiriq uchun ko’rsatma
|
bet | 2/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 237,08 Kb. | | #233256 |
Bog'liq Mustaqil ish topshirig'i va bajarishga ko'rsatma 1 (4)1.5– rasm. Hodisalarni sozlash oynasi.
Visual C++ muhitini VCL vizual komponentalari bilan tanishamiz. Visual C++ muhitida ilova yaratish VCL vizual komponentalaridan keraklilarini formaga joylashtirishdan boshlanadi. Komponentalar ilovaning g’ishtchalari (elementlari, qismlari) deyishimiz mumkin. Barcha VCL komponentalari, ToolBox oynasida palitralarga ajratilgan holda joylashgan bo’ladi. Komponentalar palitrasi ma’lum bir vazifalariga ko’ra komponentalar to’plamidan iborat komponentalar sahifasiga ajratilgan. Bu sahifalar ma’no va vazifasiga ko’ra bir - biriga yaqin bo’lgan komponentalarni bitta guruhga birlashtiradi. 1.6-rasmda komponentalar palitrasi va komponentalar joylashtirilgan oyna keltirilgan.
1.6-rasm. Komponentalar palitrasi va komponentalar oynasi.
Visual C++ 32 razryadli takomillashtirilgan vizual komponentalar kutubxonasi VCL (Visual Component Library) bilan birgalikda etkazib beriladi. Bu kutubxona eng murakkab ilovalarni qurish uchun mo’ljallangan, 100 dan ortiq takroran qo’llanadigan komponentalardan iborat. Kutubxonaning asosiy komponentalari - Palitra komponentalarining instrumental panelida berilgan. Komponentalar belgilari dastur formasiga olib o’tiladi.
Kutubxona Windows operastion tizimlaridagi foydalanuvchi grafik interfeysi, standart interfeys ob’ektlarining to’liq inkapsulyastiyalanishini o’z ichiga oladi. Ular orasida, ixtisoslashgan komponentalar bilan bir qatorda, relyastion ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun mo’ljallangan komponentalar alohida o’rin egallaydi. Ishonchli va samarali dasturlarni yaratishda Visual C++ OYD imkoniyatlaridan to’liq foydalanadi. Visual C++ bu OMD ekan, OLE (OCX) boshqaruvchi elementlarni kiritish uncha qiyinchilik tug’dirmaydi. O’z masalalaringiz talablarini kerakli darajada qondirish uchun, Kutubxonaning mavjud komponentalaridan foydalaning va hosila komponentalar imkoniyatlarini kengaytiring.
|
| |