Vol. 45 (2024): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008




Download 300,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.05.2024
Hajmi300,88 Kb.
#250885
1   2   3   4
Bog'liq
197-200 Texnologik Ta’lim Jarayonida Zamonaviy Innovatsion Texnologiyalarning O‘Rni

Vol. 45 (2024): 
Miasto Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
198 
Miasto Przyszłości
Kielce 2024 
Hamkorlikda o‘rganish - talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha 
re’roduktiv faoliyatini ta`minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita 
boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U talabalarning 
mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob 
bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara 
kabi metodlarni kiritish mumkin. 
Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan 
va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va 
faoliyat evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, 
balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ta’lim jarayonining 
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ushbu o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish 
mumkin. 
Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni 
kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig`indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars 
jarayonida talabalarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg`otishga qaratilgandir. 
Unda o‘qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Bularga 
muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi. 
«Texnologiya» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini 
hal etishda qo‘shadigan o‘ziga hos xissasi bilan aniqlanadi. 
1.
O‘quvchilarda texnologiya haqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
2.
Texnik dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa 
barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi.
3.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash. 
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash. Yuqoridagi 
masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir 
butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar texnologiya 
fanini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va texnik dunyoqarashni 
yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning 
texnologiya fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan 
tashqari, texnologiyani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g’ri hal etishga 
erishish uchun texnologiyaning ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g’ri va chuqur xulosalar qila 
olsagina, o‘quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi 
muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata 
oladilar. Shuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar 
bilan boyitishadi, hamda texnologiyadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam 
bo‘lishini ta’minlaydi. 
Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta’lim dasturlari, 
umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs 
sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida 
maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta’lim maktablarining asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlaydi. 
Maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim 
bosqichlarini o‘z ichiga olgan va texnologiya va amaliy mashg’ulot bo‘yicha mutaxassis 
bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Texnologiya» fani texnika uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar 
sistemasiga asoslanadi: 

kadrning butun «hayotiy sikli» hisobga olinishi kerak; 

texnologiya yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini 
hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak; 



Download 300,88 Kb.
1   2   3   4




Download 300,88 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vol. 45 (2024): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008

Download 300,88 Kb.
Pdf ko'rish