Vol. 45 (2024):
Miasto Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
197
Miasto Przyszłości
Kielce 2024
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
Texnologik Ta’lim Jarayonida Zamonaviy Innovatsion Texnologiyalarning
O‘Rni
Odinayev Akmal Ko’charovich
1
, Kucharov Sardorbek Akmalovich
2
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnologik ta’lim jarayonida axborotlashgan ta’limning
zamonaviy innovatsion texnologik roli mavzusida ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, o‘quvchilarni amaliy
faoliyatga,
mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlashning innovatsion metodlari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Innovatsiya, an’anaviy, noan’anaviy, hamkorlikda o‘rganish, modellashtirish,
tadqiqot, loyiha.
Mamlakatimizda ham davr talabidan kelib chiqib, barcha sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy
etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamli О‘zbekiston – 2030 dasturini
joriy etish maqsadida
kо‘plab oliy ta’lim muassasalariga ta’lim jarayonini avtomatlashtirish vazifalari qо‘yilmoqda. U
talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat.
Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.
Ta’lim jarayonini raqamlashtirishning ustuvor yо‘nalishlaridan biri bu telekommunikatsiya,
tarmoq
muhiti, axborot va dasturiy ta’minot, о‘quv ma’lumotlar bazasi, elektron kutubxonalar, elektron о‘quv
nashrlari, multimedia mahsulotlari, turli axborot almashinuvini avtomatlashtiruvchi
tizimlar va
boshqalarni birlashtirgan oliy ta’lim muassasasining axborot ta’lim muhitini yaratish uchun axborot
texnologiyalarini keng joriy etishdir.
Bugungi kunda ta`lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1.
An`anaviy
2.
Noan`anaviy
An`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘’roq o‘qituvchi
shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an`anaviy shakli, metodi va ta`lim
vositalarining majmuidan
foydalanib ta`lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni markazida
talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning
zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik
vositalarning majmuini ta`lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga
erishish -
ga yo‘naltirishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi an`anaviy ta`lim texnologiyasidan farq qilib,
talabalarning bilish
imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e`tibor
beriladi, bilish
faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
➢
Hamkorlikda o‘rganish
➢
Modellashtirish
➢
Tadqiqot (Loyiha)
1
Termiz muhandislik va texnologiya institute, Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi katta o’qituvchisi
2
Termiz davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi