Hisoblash tizimining tarkibiy qismlari




Download 1,17 Mb.
bet4/10
Sana03.01.2024
Hajmi1,17 Mb.
#129848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5. Web dasturlashga kirish

1.3. Hisoblash tizimining tarkibiy qismlari
Operatsion tizim haqida tushunchaga ega bo`lish uchun dastlab hisoblash tizimi umuman olganda nimalardan tashkil topganini ko`rib chiqish lozim. Hisoblash tizimining umumiy strukturasi 1.1-rasmda tasvirlangan.
Birinchidan, hisoblash tizimi (HT) texnik ta’minotdan iborat (inglizcha hardware): protsessorlar, xotira, monitorlar, disk qurilmalari, tarmoq kommunikatsion qurilmasi, printerlar xa hakozo, bularning barchasi magistral shinalar bilan bog`langan bo`ladi[2].
Ikkinchidan, HT tizimli va amaliy qismlardan iborat bo`lgan dasturiy ta’minotdan (DT) iborat. Tizimli DT – bu HTning komponentalari bo`lmish protsessor, kommunikatsion va periferiya qurilmalarini boshqaradigan dasturlar to`plami bo`lib tizimni yaxlitligicha ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Tizimli DT amaliy DTdan umuman farq qilib, foydalanuvchi muammolarini hal qilgan holda, ma’lum foydalanuvchi masalalarini bajarishga va foydalanuvchi bilan bevosita o`zaro aloqasiga qaratilgan. Amaliy DTlarga, odatda, turli yordamchi dasturlar (o`yinlar, matn muharrirlari, grafik dasturlar va sh.k.) kiradi.

1.1-rasm. Foydalanuvchi va hisoblash tizimining umumiy tuzilishi.


Yuqoridagilarni ma’lumotladan kelib chiqadiki, operatsion tizim tizimli dasturiy ta’minotning fundamental komponentasi hisoblanadi. Dasturiy ta’mimnotning aynan shu qismini kengroq ko`rib chiqish predmeti bo`ladi.


Ma’lumki, operatsion tizim ixtiyoriy hisoblash tizimining asosiy komponentasidir va uning yaxlit holda ishlash samaradorligini belgilaydi. Shu bilan birga operatsion tizimga bitta ta’rif berish noo`rindir. Buning asosiy sababi, operatsion tizim bir qator turli funktsiyalarni bajaradi, ya’ni, foydalanuvchi-dasturchilarning hisoblash tizimining apparat qismi bilan qulay interfeysini ta’minlashdan tortib hisoblash tizimining resurslarini ratsional boshqarishni ta’minlashgacha vazifalarni o`z ichiga oladi. Shularni inobatga olgan holda bir nechta tushunchalarni keltirish mumkin.
Operatsion tizimlarni ishlab chiqaruvchilarning asosiy maqsadi quyidagilar:

  1. Barcha kompyuter resurslaridan samarali foydalanish.

  2. Dasturchilarning mexnat samaradorligini oshirish.

  3. Hisoblash jarayonlarini tashkil qilishning soddaligi, samaraliligi va qulayligi.

  4. Amaliy dasturiy ta’minotning apparat dasturiy ta’minotga bo`gliq bo`lmasligini ta’minlash.

Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o`rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib o`rganiladi. Bunday bo`linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko`p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash tizimining tarkibiy qismlari

Download 1,17 Mb.