• Dasturiy ta’minot.
  • Web dasturlashga kirish




    Download 1,17 Mb.
    bet5/10
    Sana03.01.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #129848
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    5. Web dasturlashga kirish

    Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruktsiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo`lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig`ib olish mumkin.
    Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.
    Tashqi qurilmalar, qoida bo`yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo`ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.
    Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o`tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
    Dasturiy ta’minot. Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog`lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko`rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko`rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o`zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko`pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog`lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o`zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo`lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o`zaro aloqada bo`lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi.
    Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir (2-rasm). Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o`rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko`rsatishgacha bo`lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. SHunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funktsionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bo`lgan hisoblash tizimi ko`p funktsiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o`rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,17 Mb.