|
Web dasturlashga kirish
|
bet | 6/10 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #129848 |
Bog'liq 5. Web dasturlashga kirishAsos dasturiy ta’minoti – dasturiy ta’minotning eng quyi sathi hisoblanadi. Bu sathdagi dasturiy ta’minot apparat vositalari bilan o`zaro aloqaga javob beradi. Odatda, asos dasturiy ta’minoti bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Doimiy xotiraga dasturlar kompyuterni ishlab chiqarish paytida yoziladi, ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni oddiy foydalanuvchilar o`zgartira olmaydilar faqat shu yo`nalishdagi dasturchilar unga o`zgartirish kirita oladilar.
1.2-rasm. Dasturiy ta’minot sathlari.
Xizmatchi dasturiy ta’minotlar (utilitalar) bir vaqtning o`zida asos va tizimli dasturiy ta’minot bilan bog`langan bo`ladi. Bu sathdagi dasturlarning vazifasi kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iborat. Odatda bunday dasturlar tizimli dasturiy ta’minot funktsiyalarini kengaytirishga va soddalashtirishga qaratilgan bo`ladi.
Xizmatchi dasturlarga quyidagilar kiradi:
Fayl menejerlari;
Arxivatorlar;
Xujjatlarni ko`zdan kechirish vositalari;
Diagnostika qiluvchi vositalar;
Monitoring vositalari;
O`rnatuvchi vositalar;
Kommunikatsiya vositalari;
Xavfsizlik vositalari.
Amaliy dasturiy ta’minotini o`z navbatida 2 guruhiga bo`lish mumkin: dasturlash tizimlari va ilovalar.
Dasturlash tizimlari dasturchi uchun dasturlash vositasidir, bular: Visual Basic, Delphi, Python va b. Ilovalar foydalanuvchiga dasturlashni bilmay turib, matnli, grafik, sonli, audio va videoaxborotlarni qayta ishlashga, multimedia texnologiyalaridan foydalanishga, shuningdek kompyuter tarmoqlarida ishlashga imkon beradi. Ilovalar har xil turdagi fayllar hisoblangan hujjatlarni yaratishga va o`zgartirishga imkon beradi. Buday dasturlarga quyidagilar kiradi: Ms Word, Ms Excel, Adobe Photoshop, Sony Sound Forge, Adobe Premiere, 3Ds MAX va b.
|
| |