Web-sahifa misoli




Download 0,55 Mb.
bet6/15
Sana22.01.2024
Hajmi0,55 Mb.
#143340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Akhtamov\'s Course Work (3) (3)

Server anatomiyasi
Internet resurslaridan foydalanishning asosiy printsiplaridan biri -klientserver sxemasi asosida ma’lumotlar uzatishni tashkil qilishdir. “Klient-server” tizimi klient brouzeriga web-sahifani yuklash uchun server kompyuterdagi maxsus dastur(http-server)ga kerakli so’rov yuboradi va undan olingan ma’lumotni qayta ishlaydi(1.8-rasm).Bunda brouzer vazifasi serverdan ma’lum sahifani so’rash, uni qabul qilib olish va foydalanuvchi ekranida aks ettirishdan iboratdir. Server esa so’rovni qabul qiladi, so’ralgan hujjatni qidiradi, klientga topilgan faylni jo’natadi. Agar bunday fayl mavjud bo’lmasa yoki bu fayldan foydalanish huquqi berilmagan bo’lsa, u holda ushbu xatolik to’g’risida axborot beriladi. Ushbu jarayonda http-server taqdim etilayotgan hujjatning mazmunini taxlil qilmaydi va uni brouzerga yuboradi. Brouzer qabul qilingan axborotni taxlil qiladi va ekranda namoyon qiladi.

1.8-rasm. “Klient-server” tizimi.


Har bir saytga server-kompyuter tomonidan ma’lum bir direktoriya ajratiladi. Web sahifani qidirish aynan shu direktoriyada amalga oshiriladi. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan adresda ushbu direktoriya ko’rsatilgan bo’ladi.
Agar so’rov ma’lum bir sahifaga bo’lmasdan, to’liq saytning o’ziga bo’lsa, u holda http-server avtomatik ravishda fayl nomining o’rniga bosh sahifani (index.html yoki default.html) taqdim etadi. Bu fayl sayt uchun ajratilgan asosiy katalogda joylashgan bo’lishi kerak yoki alohida ta’kidlangan bo’lsa WWW direktoriyasidan o’rin olgan bo’lishi mumkin. Barcha boshqa fayllar ixtiyoriy ravishda bosh direktoriyada yoki uning tarkibiga kiruvchi direktoriyalarda joylashgan bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari server direktoriyasi maxsus fayllar uchun yana bir qancha kataloglar ajratadi. Masalan, CGI-BIN katalogida CGI skript fayllari, saytdan ishga tushiriluvchi interaktiv dasturiy ilovalar, hamda serverning normal xolatda ishlashi uchun maxsus direktoriyalar joylashadi. Ba’zan index.html joylashgan katalogda bir qancha fayllar mavjud bo’ladi. Masalan, not_found.html fayli - agar http-server foydalanuvchi tomonidan so’ralgan faylni topa olmasa; forbidden.html fayli-agar so’ralgan hujjatdan foydalanish ruxsati bo’lmasa; robots.txt fayli -agar axborot qidiruv tizimlari yordamida indeksatsiyalash maxsus qoidalar asosida berilgan bo’lsa.


Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,55 Mb.