Server, sayt, uy sahifasi. Server anatomiyasi




Download 0,55 Mb.
bet5/15
Sana22.01.2024
Hajmi0,55 Mb.
#143340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Akhtamov\'s Course Work (3) (3)

Server, sayt, uy sahifasi. Server anatomiyasi

Internet tarmog’ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan web serverlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday serverlarda
Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog’liq. Foydalanuvchi kompyuterining so’roviga asosan web-sahifani namoyon qiluvchi va boshqa zarur funktsiyalarni bajaruvchi maxsus dastur o’rnatilgan kompyuter - internet tarmog’ining serveri deb ataladi. O’rnatilgan maxsus dastur ham server, web-server yoki http-server deb ataladi.Web-serverlar(1.4-rasm):

  • dunyo bo’yicha foydalanuvchilarni kerakli axborotlar bilan ta’minlaydi;

  • boshqa web-serverlar bilan aloqa qiladi;

  • zarur statistik ma’lumotlarga ega bo’ladi.


1.4-rasm. Web serverlar.


“Web-klient-server” arxitekturasidan foydalanadi. Bu web-server dasturiy ta’minoti bilan ishlaydigan kompyuterlar mavjudligini anglatadi.Web serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijozserver texnologiyalari ishlatiladi(1.5-rasm).

https://docs.oracle.com


https://quora.com
Bunda serverda odatda web serverda aks ettiriladigan barcha ma’lumotlarni saqlaydigan ma’lumotlar bazasi va ilovaning server qismi o’rnatiladi, foydalanuvchining ish stantsiyasida esa axborotni ko’rish uchun ancha oddiy vosita o’rnatiladi. Bu tizimda web ilovaning server qismi «qalin» server ko’rinishida taqdim etiladi, mijoz mashinasida esa «yupqa» mijoz o’rnatilgan bo’ladi.
Hozirgi kunda oddiy web serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. Tarmoqdagi u yoki bu serverning muvaffaqiyati ko’p jihatdan aynan sahifalar qanday bezatilganiga bog’liq. Axborot sahifalarga qanday bo’linganligi va matndagi murojaatlar qanday belgilanganligi ham muhim rol o’ynaydi. web serverni yaratishning ushbu muhim jihatlari hozir katta qiziqish uyg’otmaydi, avval web serverni o’zining asosini nima tashkil etishi va foydalanuvchilarning kompyuterlarida qanday savollar echilishi kerakligi bilan tanishish talab etiladi. Axborotni taqdim etishning qulayligi avvalambor foydalanuvchilarning ish stantsiyalarida o’rnatilgan vositalarga bog’liq bo’lganligi sababli web serverni yaratishda ishlatiladigan texnologiyalarni o’rganishni aynan ulardan boshlaymiz. Internet resurslaridan foydalanishning asosiy printsiplaridan biri ―klient-server‖ sxemasi asosida ma’lumotlar uzatishni tashkil qilishdir. ―Klient-server‖ tizimi klient brouzeriga web-sahifani yuklash uchun server kompyuterdagi maxsus dastur(http-server)ga kerakli so’rov yuboradi va undan olingan ma’lumotni qayta ishlaydi.
Bunda brouzer vazifasi serverdan ma’lum sahifani so’rash, uni qabul qilib olish va foydalanuvchi ekranida aks ettirishdan iboratdir. Server esa so’rovni qabul qiladi, so’ralgan hujjatni qidiradi, klientga topilgan faylni jo’natadi. Agar bunday fayl mavjud bo’lmasa yoki bu fayldan foydalanish huquqi berilmagan bo’lsa, u holda ushbu xatolik to’g’risida axborot beriladi. Ushbu jarayonda http-server taqdim etilayotgan hujjatning mazmunini taxlil qilmaydi va uni brouzerga yuboradi. Brouzer qabul qilingan axborotni taxlil qiladi va ekranda namoyon qiladi. Server shaxsiy domenga, ya’ni Domain Name System standartiga javob beruvchi DNS adresiga ega bo’lishi kerak(1.6-rasm). Demak, server-bu maxsus dasturiy ta’minotga va shaxsiy domen nomiga ega bo’lgan kompyuterdir.

1.6-rasm. Domain Name System.


Server administratori uning parametrlarini o’zgartirish imkoniyatiga egadir, masalan, resurslardan foydalanish xuquqini berish yoki bermaslik, CGI skript yoki SSI dasturiy ilovalar kabi qator qo’shimcha dasturlar va funktsiyalarni ishga tushirish xuquqiga egadir. Ya’ni zaruriyatga qarab server konfiguratsiyasini o’zgaritirish imkoniyatiga egadir. Har bir Web-server barcha protokollarga va internet tugunlariga tegishli axborotlarga egadir. Web-serverda bundan tashqari xujjatlar, dasturlar va boshqa axborotlar saqlanadigan joy adreslari to’g’risidagi ma’lumotlar ham saqlanadi.
Faraz qilaylik siz brouzer (Netcape)ga http//www.microsoft.com /Mics/shortcuts.htmlga o’tish kerakligini aytasiz. Web-server Netscapedan qilgan interpretatsiya (tarjima) qiladi, keyin (direktoriy - Misc va unda joylashgan xujjat Shortcuts.htmlni topadi va xujjatdagi ma’lumotni sizning kompyuteringizga taqdim etadi. Netscape axborotni qabul qilgach xujjatda joylashgan fayl kodini ciz ko’rib turgan ekranga uzatadi. Agar foydalanuvchining kompyuteri server bilan aloqa bog’lasa va undan kerakli ma’lumotlarni olsa, masalan, web-sahifa kodini, bu holda u tizimda -klient sifatida ishtirok etadi. Tizimning o’zini esa “klient-server” tizimi deyiladi. Demak, “klient-server” tizimi deb foydalanuvchining ixtiyoriga o’zining resurslarini taqdim etuvchi kompyuter va bu resurslardan foydalanuvchi kompyuter orasidagi axborot almashinuv mexanizmiga aytiladi. Bu holda o’z resurslarini taqdim etuvchi kompyuter-“server”, bu resurslardan foydalanuvchi kompyuter “klient” (“klient”) deb ataladi. Serverlar turlicha bo’lishi mumkin. Ular bir-biridan asosan foydalanilayotgan operatsion tizimlariga qarab farqlanadi.
Sayt (inglizcha, site-uchastok-bo’lak)-bu serverning bo’lagi, ya’ni biror bir mavzuga oid bo’lim hisoblanadi. Sayt serverdan farqli ravishda belgilangan maxsus dasturga ega bo’lmaydi. Ko’pgina saytlar shaxsiy domen nomiga ega bo’lishiga qaramasdan, ular serverning integrallangan bo’lagi yoki server kompyuterining katalogi hisoblanadi. Har bir sayt bir necha bo’limlar to’plamidan iborat, ular o’z navbatida yana kichik tashkil etuvchilarga bo’linadi(1.7-rasm)

1.7-rasm. Sayt strukturasi.


Uy sahifasi (homepage) ko’pgina hollarda shaxsiy domen nomiga ega bo’lmaydi. Uning adresi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
http://www.domain.zooe/your_name/.

Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Server, sayt, uy sahifasi. Server anatomiyasi

Download 0,55 Mb.