|
Web texnologiyada qo’llaniladigan dasturlash tillari
|
bet | 7/15 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #143340 |
Bog'liq Akhtamov\'s Course Work (3) (3)1.3. Web texnologiyada qo’llaniladigan dasturlash tillari
Hech bir web-saytni dasturiy modullarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Funktsional jihatdan qulay zamonaviy web-saytlar tuzish uchun ko’plab texnik vositalar va texnologiyalar mavjuddir. Web-saytlarni ishlab chiqish uchun quyidagi dasturiy instrumentlardan foydalanish mumkin : HTML, DHTML, JavaScript, XML/XSL, Java, Flash, PHP, Perl, SUBD MySQL.
Gipermatn belgilash tili - HTML
HTML (Hyper Text Markup Language-gipermatn belgilash tili) internetning asosiy fundamental texnologiyasi hisoblanadi. HTML to’liq funktsional imkoniyatga ega bo’lgan dasturiy til bo’lib, shu toifadagi boshqa tillarga xos bo’lgan barcha jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Internet tarmog’iga ulangan barcha kompyuterlarning ekranlarida namoyon bo’ladigan sahifalar HTML dasturiy tilida yozilgan hujjatlardan tashkil topgandir. HTML yordamida web sahifada matnli axborotlarni chiroyli ko’rinishda yozish, tasvirlar joylashtirish, jadvallarni hosil qilish, ranglarni boshqarish, ovoz qo’shish, boshqa saytlarga o’tish uchun giper ko’rsatkichlarni tashkil qilish imkoniyatlari mavjuddir. HTML dasturiy tilida yozilgan fayllar nomida -.htm qo’shimchalar mavjud bo’ladi.
Zamonaviy HTMLda til teglari va unda ko’rsatilgan qiymatlar bilan birga, boshlang’ich HTML-kodda stsenariy kodlari (JavaScript yoki VBScript) ham yoziladi. 90-yillarning o’rtalarida Internet tarmog’ining eksponentsial o’sishi okibatida HTML tili ommaviy tus oldi. Bu vaktga kelib tilni standartizatsiyalash zarurati tug’ildi, chunki ko’p kompaniyalar Internetga kirish uchun ko’plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqdilar, to’xtovsiz o’sib borayotgan (HTML instruktsiyasi bo’yicha) o’zlarini variyantlarini tavsiya qildilar. HTML tili teglarini qo’llash bo’yicha yagona bir qarorga kelish payiti yaqinlashgan edi.
World Wide Web Consortium (qisqacha-WZS) deb nomlangan tashkilot HTML standarti (spetsifikatsiya)ni yaratish ishlarini o’ziga oldi. Uning vazifasiga brouzerlar tadqiqotchi kompaniyalarning xar xil takliflarini hisobga olgan holda tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS konsortsiumi standart loyixasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so’ng uning ishchi (draft) varianti chiqariladi, so’ngra uni ma’lum bir davrga yana muxokama qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xoxlovchi odam HTML standartining yangi teg va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri tugagandan keyin standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya’ni HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo’ladi.
Qabul qilingan standart Document Type Definition (xujjat xilini aniqlash) yoki DTD deb ataladi. Internetda birinchi marta taqdim qilingan HTMLdagi DTD-standartning 1.0 versiyasi bo’ldi. So’ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun ancha aniq va o’ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi. 1996 yil sentyabr oyida bir necha oylik muxokamadan so’ng 3.2 versiya tasdiqlandi (3.0 versiya nashr qilinmadi). 1997 yil iyun oyida HTML-standartning 4.0 versiyasi e’lon qilindi va 1997 yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning eng oxirgisidir. Umuman, HTML xujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog (muqaddima) xam kerak. Xujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o’rnatiladi. Prolog quyidagi ko’rinishga ega:
Prolog bu maxsus ko’rinish ega bo’lgan yolg’iz teg. Bu teg ochuvchi oldida HTML-xujjatning eng oldiga o’rnatiladi va HTML-spetsifikatsiyasiga kat’iy mos kelgan xolda rasmiylashtirilgan xujjat hisoblanadi. HTML-xujjatga prologni o’rnatish-bu WZS talabidir (Internetdagi ko’pchilik HTML xujjatlarda prolog qo’yilmaydi). HTML spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan ta’rifdan xujjat strukturasi ta’rifini ajratish asosiy (klyuchevoy) g’oyaga aylandi.
Tajriba ko’rsatishi bo’yicha xujjatning bu ikkala ta’rifini bir-biridan ajratish platforma, muxit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga qilinadigan sarfxarajatlarni ancha kamaytirar ekan, shu bilan birga xujjatlarga o’zgarishlar kiritishni osonlashtirar ekan. Bu g’oyaga asosan CSS yordamida xujjatlarni taqdim qilish usulidan ko’plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi. HTML spetsifikatsiyasi web-hujjatlarni ancha keng doiradagi foydalanuvchilar erkin foydalanadigan qilish uchun maxs us yaratilgan bir qator yangi artibutlar va teglarni kiritadi. HTML ning ba’zi yangi imkoniyatlarini qisqacha sanab o’tamiz. HTML erkin foydalanishni ta’minlaydigan quyidagi yangi imkoniyatlarni taklif etadi:
hujjat tuzilishi va uning tashqi ko’rinishini keyinchalik yanada bo’lish.
HTML stili to’g’risidagi axborotni kaskadli stillar jadvallarida joylashtirishni taklif etadi;
navigatsiya yordami, masalan, erkin foydalanish klavishalari va faqat
klaviaturani ishlatish bilan sahifa elementlaridan erkin foydalanish uchun tabulyatsiya tartibini indeksatsiya qilish;
grafik va matnli murojaatlarni birlashtiradigan yangi mijoz karta-tasviriga tegishli tavsiyalar;
nutq va boshqa qurilmalariga qisqartma va akronimlarni talqin qilishga yordam beradigan va yangi teglari; jadvallarning qatorlari va ustunlarini mantiqan guruhlashning imkoniyati, jadvallarni talqin qilishni osonlashtirib, ularni sarlavhalar, rezyume va ichidagi narsaning uzun tavsiflari bilan ta’minlash;
formalarni boshqarish elementlarini guruhlash va o’zlashtirish uchun ancha ravshan bo’lgan uzun tanlov ro’yxatlarini yaratish imkoniyati. Formalar elementlaridan shuningdek tabulyatsiya va tezkor erkin foydalanish klavishalari orqali erkin foydalaniladi;
muqobil matnni yaratishning takomillashgan mexanizmi. Endi alt atributi tegi uchun majburiydir. Tasvirlarga ancha uzun matnli izohlar bilan aloqani ta’minlash uchun longdesc atributi kiritilgan.
|
| |