|
Web xizmatlarning tarmoq modelini qurish. Cisco Packet Tracerida foydalanib serverda veb-sahifa yaratish Ishdan maqsadBog'liq 8- amaliy ish Web xizmatlarning tarmoq modelini qurishDNS server sozlamalari
DNS server - (Domain Name System), domen nomlari tizimi, domen nomini
aniqlash xizmatini tashkil qilish imkonini beradi. DNS-serverning vazifasi
serverlarning domen nomlarini IP manzillarga aylantirishdir.
Bu amaliy ish avvalgisiga asoslanadi. Shunday qilib, manzil bir xil bo‘ladi. Biz
tarmoqni quyidagi rasmdagi kabi modellaymiz (15.5-rasm).
15.5-rasm – Simulyatsiya qilingan tarmoq
DNS server va switch vazifasini bajaradigan boshqa server qo‘shildi.
Tarmoqda 3 yoki undan ortiq qurilmalar paydo bo‘lganda, ularni ulash uchun kalit
ishlatiladi.
DNS-serverning Desktop-IP Configuration IP-manzilni niqob bilan kiritamiz.
Keyin Xizmatlar (Services) bo‘limiga o‘tamiz va DNS xizmatini sozlaymiz (15.6-
rasm).
15.6-rasm. DNS ximatlarini sozlash
Name oynasida IP-manzilga bog‘lamoqchi bo‘lgan nomni yozing. (masalan,
cisadmin.ru). Manzil oynasida, shunga ko‘ra, yuqorida yozilgan nom bilan birga
ishlaydigan IP-manzil. (bu erda HTTP orqali amaliy ish manzilni ko‘rsatamiz -
192.168.1.5). Ushbu yozuvni qo‘shish uchun Add tugmasini bosing. Xizmatning
o‘zini yoqishni unutmang (15.7-rasm).
15.7-rasm. Natija
Endi DNS server manzilini
Web-server va kompyuter (veb-mijoz)
sozlamalarida Desktop-IP Configuration yorlig‘ida ko‘rsatish kerak (15.8-rasm).
15.7-rasm – Web-server va kompyuterni sozlash
DNS server va tugunlarni sozlash tugallandi (15.7-rasm). Tarmoqni ishlashini
tekshirib ko‘ramiz.
Simulyatsiya rejimiga o‘tamiz va kompyuterdan «tuit.uz» saytiga (Desktop–
web Browser) kirib ko‘ramiz (15.8-rasm).
15.8-rasm. Tarmoqni ishlashini tekshirish
Natijada, 192.168.1.5 IP manzilli serverda “tuit.uz” nomli sahifa ochiladi. Sayt
domen nomi bilan ochiladi (15.9-rasm).
15.9-rasm. “tuit.uz” nomli sahifa
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Web xizmatlarning tarmoq modelini qurish. Cisco Packet Tracerida foydalanib serverda veb-sahifa yaratish Ishdan maqsad
|