• Windows operatsion tizimi haqida malumot
  • Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga òrnatish Ishdan maqsad




    Download 324,15 Kb.
    Sana28.05.2024
    Hajmi324,15 Kb.
    #255484
    Bog'liq
    Choriyeva Tursunoy-LABORATORIYA




    Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga òrnatish


    Ishdan maqsad:
    Kompyuterga windows operatsion tizimini òrnatish.
    Kerakli jihozlar:
    Fleshka yoki qattiq disk, operativ xotira, protsessor Windows òrnatuvchi paketi (ISO kengaytmasida ) bòladi.
    Windows operatsion tizimi haqida ma'lumot
    Bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
    Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
    Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan.
    Windows OT ning 8.1 versiyasini òrnatishni òrganamiz.
    Buning uchun bizga Windows operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz mumkin.
    Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun yozmayotgan bo'lsangiz.

    Windows OT ning o'rnatuvchi paketi;
    2. Rufus dasturi

    Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz
    1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko'rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo'lmagani kerak bo'ladi);
    2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini belgilanadigan bo'lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to'liqroq ma'lumot berib o'tamiz, bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini o'rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz;
    3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo'ladi.
    4. Klaster o'lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o'rnatish uchun 4096 bayt bo'ladi;
    5. Fleshkamizning Windows OT ini o'rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday bo'lishi shu yerda yoziladi.

    Rasmda ko'rsatilgan tugmani bosamiz

    Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko'chirib olgan Windows OT ining o'rnatuvchi paketini tanlaymiz

    Bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz.

    Biron ma'lumot mavjud bo'lsa u o'chib ketishi» haqida ogohlantiruvchi oyna ochiladi. Albatta biz agar fleshkamizda kerakli ma'lumot mavjud bo'lmasa «OK» tugmasini bosamiz

    Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi yozilgan bo'ladi.


    Xulosa:
    Men bu labaratoriya ishini qilib shu windows operatsion tizimini kompyuterga urnatishni òrgandim oldin bilmas edim urganib oldim.
    Download 324,15 Kb.




    Download 324,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga òrnatish Ishdan maqsad

    Download 324,15 Kb.