|
Windows operatsion tizimlari
|
bet | 5/30 | Sana | 02.03.2022 | Hajmi | 420 Kb. | | #354 |
Masalalar paneli
Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi (7.3-rasm). Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OS ning bosh menysiga kirishni ta'minlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv paydo bo`ladi. Bundan tashqari, Masalalalr panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, hamda vaqtni ko`rsatuvchi knopkalar (indikatorlar) mavjud.
Masalalar panelini faollashtirish
Masalalar panelini quyidagi usullar bilan faollashtirish mumkin:
1) masalalar panelining ixtiyoriy bo`sh joyida sichqoncha tugmasini bitta bosish;
2) Ctrl+Esc tugmalar kombinatsiyasini, ya'ni avval Ctrl va undan so`ng Esc tugmasini bosish;
3) ish stoli faol bo`lgan holda Tab tugmasini bosish.
Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• Shift+F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menysini ochish mumkin;
• tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz.
|
| |